207. Abu Ja’far Farg‘oniy r. t.
Oti Muhammad Abdullohdur. Ul debdurki. [Tilning takallumi da’vo qiladi, qalbning tavakkuli ma’no
beradi]1. Shayx ul-islom debdurki, Abu Abdulloh Boqu dedikim, Abu Ja’far Farg‘onin Abu Usmon
Hiriy-ning xodimidur.
Bir kun Nishoburda oning rikobida borur erdi.. Yeg‘nn yog‘ib erdi va yer balchuq erdi. Abu
Ja’farnish; ko‘adlida shayxidin kechxiki, ul otlig‘ ne bilgayki, maning holim.bu bolchuqda nechukdur?
Lahza o‘tmadiki, shayx otdin tushti, dog‘i Abu Ja’farg‘a ayttiki, kel, bu otni min! Abu Ja’far istig‘for
qildikim, nechuk andog‘ bo‘lg‘ay?
Shayx xohiy naxohiy hukm qildi. Dog‘i oni otqa mindurdi. Va g‘oshiyani egniga solib, oning jilovida
bordi. Abu Ja’far xyjil bo‘lub, otdin tushdi. Shayx dedi, ey Farg‘oniy, sen otlig‘, men olingda yayog‘
yururda holing ne erdi? Dedi: Ey shayx, so‘rmag‘il. Shayx dedi: men ham otlig‘ sen olimda yayog‘
yururda menga ul hol erdi. Bu ish bila oni adab qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |