Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet667/683
Sana23.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#402983
1   ...   663   664   665   666   667   668   669   670   ...   683
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
249
 Shath,  shathiya
 – harakat, tebranish, to‘lib-toshish. Shath yoxud shathiyaning istilohiy ma’nosi 
ilohiy ishq behushligi, ya’ni sakr yoki jazba holida xalq tushunmaydigan va qabul qilmaydigan 
so‘zlarni aytish deganidnr. Abu Nasr Sarrojga ko‘ra, shath «tilning vajd, shavqu-zavq, hayajon holida 
aytganlari... iddaoga yaqin bir manbadan chiqqan kalimadir». 
 Ehson
 – xayr, hadya. Murshidning muridiga, Allohning quliga ma’naviy lutfu karami. 
 Havo va havas
 – orzu, mayl, istak. Tasavvufiy ma’noda har turli sayoz va o‘tkinchi orzularni 
amalga oshirmoq uchun nafs va hukm o‘tkazuvchi, aqlning ziddi bo‘lmish mayli tabiiydir. Havo 
yolg‘on da’vo bo‘lmish mayli tabiiydnr. Havo yolg‘on da’vo ishonchi, kibr va manmanlik manbai va 
barcha riyokorliklarning sarbonidir, Havo va havasga tobslik Haq va haqiqat ishqining sustligi yoki 
yo‘qligidan yuzaga chiqadi. 
 Hayot
 – tiriklik, sog‘liq, jon, yashash, umr. Tasavvufda qudrat ilmi bilan sifatlanuvchi bir sifat. 
Hayotning uch darajasi bor. Hayoti ili – qalbning johillik, nodonlik o‘limidan xalos bo‘lib, ilm bilan 
tirikchilik qilishi. Hayoti jam, bu–qalbning tafriqa halokatidan qutulib, o‘zida hikmatni 
mujassamlashtiruvchi. Hayoti Haq, bu – vujud hayoti bo‘lib, qalbning fanofilloh va baqobilloh 
maqomlariga yuksalishi. 
 Hayrat
 – taajjublanish, hayron qolish. Tasavvufda qulinng fanofilloh holiga yetishuvi uchun 
egallanishi zarur bo‘lgan maqom. Hayrat Allohning qudrat va hikmatidan tug‘iladigan shunday bir 
tuyg‘uki, so‘fiylar nazdida u til bilan bayon etilmaydi. 
 Haqiqat
 – chindan mavjud bo‘lgan-narsa, asl mohiyat. Allohni bilish, borliq olam sirlarini to‘g‘ri 
va teran idrok aylash. Haqiqat–shariatning botinidir. Shuning uchun haqiqat tasavvuf ma’nosida ham 
keng qo‘llanilgan. Bu haqda Abu Nasr Sarroj bunday deydi: «Shariat ilmi – xizmat ilmidir. Haqiqat 
ilmi – mushohada ilmidir... Shariat – bayon ilmi, haqiqat – burhon ilmi. Shariat ilmi muomala 
uchundir. Haqiqat ilmi muroqaba uchun. Shariat ilmi fe’llarga xos, haqiqat ilmi hollarga maxsus. 
Shariat ilmi rivoyat uchun, haqiqat ilmi hidoyat uchundir... 
 Xirqa
 – shayx, murid va darveshlar kiyadigan maxsus kiyim. Bu so‘zning lug‘aviy ma’nosi 
yamoq, parcha yoki quroqdan tikilgan kiyim demak. Istilohda esa, shayx bilan murid orasida aloqa 
o‘rnatish, «muridning nafs bilan o‘zi orasida shayxning hukmronligini qabul aylashi«dir. Tasavvuf 
arboblariga ko‘ra, xirqa kiyish odati Ibrohim alayhissalomga borib bog‘lanadi. Ibroxim Xalilulloh 
olovga tashlangani zamon Alloh hukmi bilan Jabroil jahatdan bir ko‘ylak keltirib, unga kiydirgan va 
shu ko‘ylak sharofatidan ul zot olovda yonib kul bo‘lishdan qutulgan. Bu ko‘ylak dastlab hazrati 
Ishoqqa, so‘ngra Yoqub payg‘ambarga meros o‘tgan. Hazrat Yoqub esa, uni maxsus bir qutig‘a solib, 
o‘g‘li Yusuf alayhissalomning bo‘yniga osib qo‘ygan. Yusuf payg‘ambar yalang‘och holda quduqqa 
tashlanganida, Jabroil yetib kelib, qutini ochib, unga ko‘ylakni kiydirgan ekan... So‘fiylar xirqada 
xuddi ana shu ko‘ylakning sirini ko‘rib, unga ma’naviy ma’nolar berganlar. Suhravardiy xirqaning ikki 
turga– muridlik xirqasi va tabarruk xirqaga ajratilishini aytib, yana bunday degan: «Shayxlarning 
muridlariga kiydirishnn istaganlari asl xirqa – muridlik xirqasidir. Xirqai tabarruk esa, muridlik 
xirqasiga o‘xshash bir xirqadir. Muridlik xirqasini haqiqiy muridlar, keyingisini esa murid bo‘lmagan, 
ammo ularga o‘xshashga harakat qiluvchi mutashabbih muridlar kiyurlar». 
 Hol
 – ahvol, holat, vaziyat, ichida yashayotganingiz vaqt, zamon, muayyan damda tug‘ilib, so‘ng 
o‘tib ketadigan his-tuyg‘u, hayajon, ehtiros, shavq, zuhur, vajd, g‘aybat, huzur kabi hollardir. Hol Haq 
tuhfasi va hadyasi erur. Shuning uchun hol insonning irodasiya va harakatiga tobe emas. Abu Nasr 
Sarroj holni «lahzada tug‘ilib qalbda rizo, tafviz va shunga o‘xshash sifatlarni muqimlashtiradigan 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
250
ahvoldir», deydi Abdulkarim Qushayriyga ko‘ra, «hol qulning (Haq oshig‘ining – I. H.) qasdi: jalb 
aylash tashabbusi, erishish istagisiz qalbda paydo etiladigan nash’a–huzun, shodlik–qayg‘u, haybat–
hayajon singari ma’nolar erur». 
 Huquq
 – hollar, maqomlar, maqsadlar, irodalar; muomalalar va ibodatlar (Abu Nasr Sarroj). 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   663   664   665   666   667   668   669   670   ...   683




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish