71. Abu Hamza Bag‘dodiy q. s.
Uchunchi tabaqadindur, oti Muhammad b. Ibrohimdur. Sariy Saqatiy va Bishr Hofiy bila suhbat
tutubdur va alarning aqronidindur. Abu Turob Naxshabiy bila safarda rafiqlik qilibdur. Abu Bakr
Kattoniy va Xayr Nassoj va g‘ayrhumo andin hadis rivoyat qilurlar. Ikki yuz sakson to‘qquzda
dunyodin o‘tti. Junayd va Abu Hamza Xurosoniydin burunroq va Abu Said Xarrozdin so‘ngraroq. Ul
debdurkim, [agar g‘af-lat bo‘lmaganda edi, siddiqlar Alloh zikri nash’asidin halok bo‘lur erdilar!
1
. Va
ham ul debdurkim, [faqyrlarni do‘st tutish og‘ir, unga siddiqlardan boshqalar chiday olmaydilar]
2
.
Bir qatla Tarsusda anga azim qabul voqe bo‘ldi, xaloyiq aning sari yuz qo‘ydilar. So‘z asnosida bir
so‘z dedi va avom ul so‘zning ma’nosig‘a yetmay, ani hulul va zindiqg‘a nisbat berdilar va mardud
qildilar. ulog‘larni talab, ul yerdin ixroj ettilar. Chun Tarsusdan chiqti, bu baytni o‘qudiki,
sh ye ‘ r:
[Qalbimda sen uchun begonalardan asrab, avaylagan joy bor,
Shuning uchun ko‘yingda duch kelgan mashaqqatlarmenga oson kechadi]
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: |