709. Mavlono Mir Imom q. s.
Samarqandda bo‘lur erdi, valoyat osori hay’atidin zohir erdi. Zamon podshohi va arkoni davlat ko‘p
hurmat tutub ta’zim qilurlar erdi. Har dardmondaning podshoh qoshida, yo aning arkoni davlati
qoshida muhimmi bo‘lsa erdi, anga iltijo qilur erdi. Ul bekulfat qo‘pub, bavujudi kibari sinn, podshoh
qoshig‘a borur erdi va taxtining ollida turub, ul dardmondaning so‘zin aytib, ishin butkarib yopar erdi,
arkoni davlat qoshida dag‘i munga ko‘ra. Samarqandda balchig‘ azim bo‘lur, aning ishi musulmonlar
ishi taraddudig‘a mone’ emas erdi. Hamonoki, qabri Samarqandda-o‘qdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |