677. Bobo Aliy Xushmardon r. t.
Ham Sabzavor shahrida shayxe erdi. Xonaqoh va muridlari bor erdi, pokiza avqotlig‘, biyik
maqomotlig‘ buzurg erdi. Suhbatig‘a xavosu avom yetarlar erdi.. Va andin elga yaxshi nasoyih va
muassir mavo’iz zohir bo‘lur erdi. Qabri hamul shahrdadur.
678. Shayx Nuruddin Muhammad q. s.
Shayx Bahovuddin Umar r. t.ning farzandidur. Aning qoshida suluk qilibdur. Derlarki, ulum takmilini
ham otasi qoshida qilibdur. Hiriy shahrida ham o‘z otasi maskanida sokin erdi va toatu ibodatg‘a
mashg‘ul. Va mulk podshohi aning suhbatig‘a yetar erdi, o‘zga xavosu avom mulozamatini mar’i
tutarlar erdi. Qabri ham otasi hazirasidadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |