650. Shayx Burhonuddin Sog‘archi q. s.
Sog‘arch – Samarqandning to‘rt yig‘ochida bir kentdur. Shayx andin ekandur. Va o‘z vaqtida bag‘oyat
buzurg ekandur. Ko‘p xaloyiqning irodat va ixlosi anga bor ekandur. Va qabri ham Samarqandda,
mazkur bo‘lg‘on Chokardizadin kirgach, o‘ng qo‘ldadur.
651. Sayyid Ne’matulloh q. r.
Kirmon viloyatining Mohon degan kentida sokin erkandurlar. Zohiriyu botinin ulumida komil va
zuhdu taqvo bila orosta. Zamonning salotini, xususan Hinduston mulkining maliklari anga muridu
muxlis ermishlar. Va tuhfa va nazri benihoyat ul mulkdin Kirmong‘a Mir xidmatig‘a yuborurlar
ermish. Mir nazmga dag‘i mashg‘ul bo‘lur ermishlar. Va devonlari dag‘i bor. Va bu abyot alarningdur.
B a y t:
[Biz Xudoni xalqqa tanitmoq uchun dunyoga keldik]
1
.
Qabri hamonoki ham ul kentdadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |