491. Bobo Mahmud Tusiy q. s.
Shayx Abdulloh muridlaridindur. Bir qatla Shayx jam’i muridlar arba’inda o‘lturub erdi. Bir kecha
xonaqoh xodimig‘a dediki, kecha voqif bo‘lki, ikki darveshg‘a azim vorid yetkusidur. Nogoh
bexudlug‘ qilma-g‘aylar va xilvatdin tashqari chiqmag‘aylar. Xodim hozir bo‘lur erdi. Nogoh Bobo
Mahmud na’rai urdi va xilvatdin chiqti. Va yana bir darvesh hamkim, oti Hindu Ilyos erdi, ul dag‘i
qichqirib, bexudona yugurub chiqib va yuz biyobong‘a qo‘ydilar. Xodim keynilaricha yugurub, Hindu
Ilyosqa yetti va ani tutti. Va Bobo Mahmud majzub va mag‘lub yuz sahrog‘a qo‘yub erdi, kishi yeta
olmadi. Va Hindu Ilyos Shayx asari tarbiyatidin filjumla o‘z holig‘a keldi, ammo Bobo Mahmud ishi
zabt qilmoqdin o‘tti. Va ani uqaloyi majonin debdurlar. Va karomot va xavoriqi odot ko‘p andin zohir
bo‘lur erdi, andoqki mashhurdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |