415. Abu Ali Zargar r. t.
Shayx ul-islom debdurki, Abu Ali Zargar dag‘i mening pirlarimdindur va ulug‘ so‘fiy erdi. Abu
Abbos Qassob Omuliyning muridi. Va andin hikoyat aytur erdi.
416. Abu Ali Butagar r. t.
Shayx ul-islom debdurki, ul dag‘i mening pirlarimdindur. Javod kishi erdi. Va Shayx Abulhasan
Misriyni ko‘rub erdi, andin hikoyat qilur erdi.
417. Shayx Abu Nasr Qabboniy q. s.
Shayx ul-islom debdurki, ul yaxshi safarlar qilibdur va ko‘p mashoyixii ko‘rubdur. Shayx Abu Amr
Akkofni ko‘rubdur va anga xidmat qilibdur Urdunda. Va Shayx Abu Amr Nujaydni va Shayx Abu
Nasr va Abdulloh Monakni ko‘rub erdi, Fors Arg‘onida. Shibliy shogirdi alardin manga hikoyat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |