Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
81
Ul shayx Abu Abdulloh Xafifning ustodlaridindur. Ul debdurki, kosibeki kasb haqiqatin rioyat
qilg‘ay, hargiz Abu Muhammad Atoyidiydek ko‘rmadim. Har kun yarim donak kasb qilur erdi va
aning quti andin erdi. Ikki habbag‘a nuxola sotqun olur erdi va andin ikki non pishirur erdi. Biri bila
iftor qilib, birin sadaqa berur erdi. Qirq yil uyida chirog‘ yoqmadi. Jihatin so‘rdilar. Dedikim, aning
hisobidin qo‘rqarmenki, anga necha nima kerak, to muyassar bo‘lg‘ay va barchasining hisobi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: