11. Imom Shofe’iy r. a.
Aning fazlu kamoli va sutuda xisoli sharhida qalam ojiz va qalamzan mutahayyirdur. Ul nimalar
manquldurki, bani odam jinsidin aql muhol tutar. Un uch yoshida dediki, [mendan istaganingizni
so‘rang]1, o‘n besh yoshida fatvo javob qildi. Imom Ahmad Hanbalki, jahonning imomidur va uch yuz
ming hadis yodida erdi, aning shogirdlig‘ig‘a keldi va aning g‘oshiyasin egniga ko‘tardi. Jam’i anga
e’tiroz qildilarki, bu manzilat va bu buzurgluk bila bir go‘dakka muncha ta’zim qiladur va mashoyixu
ustodlar suhbatini tark qilibdur. Ul dediki, har neki bizing yodimizdadur, ul ma’nosin bilur. Agar biz
aning suhbatig‘a yetmasak erdi, eshikda qolib erdik. Shofe’iy debdurki, Rasul s. a. v. voqeada muborak
og‘zi sunimi mening og‘zimg‘a soldi, andoqki, og‘zimg‘a va tilimg‘a yetishti. Va dedi: borki Tengri
sanga barakot bersun va ham ul soat Amir ul-mo‘‘minin Ali k. v. uzugin chiqorib, mening
barmog‘img‘a soldi, to nabiyu valilarning ilmi manga siroyat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |