188. Abu Mansur Govkuloh q. t. s.
Shayx ul-islom debdurki, Malomatiya mashoyixidindur. Saraxsda bo‘lur ermish. Bir vaqt ashobi
safarg‘a borg‘on ermish va o‘zi forig‘ ermish, choh qaziy boshlabdur. Suvg‘a yetkandin so‘ngra aning
yonida yana bir choh bunyod qilibdurki, burung‘i chohning tufrog‘larin anga solg‘ay, ul qazilg‘andin
so‘ng muning tufrog‘inn solg‘ali yana chog‘ qazmoq bunyod qilibdur. So‘rubdurlarki, telba emassen,
ne befonda ishdurki, qilasen? Deb-durki, nafs meni bir ishga mashgul qilmasdin burun men ani bir
ishga mashg‘ul qilibmen. Va mashoyixdin ba’zi bu ishni qilibdurlar. Abu Abdulloh Dinovariy daryoda
kema ichnda qoldi, muraqqa’in kesar erdi va tikar erdi, to bir bo‘rklukka yetkurdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |