181. Abulabbos Surayj q. t. s.
Oti Ahmad b. Imron b. Surayjdur. Uch yuz beshda; dunyodin o‘tti. Ani kichik Shofe’iy derlar erdi,
goyat ulug‘lig‘idin. Bag‘dodda bo‘lo‘r erdi va Junayd bila suhbat tutub erdi furu’ va usulda. Vaqteki
so‘z aytsa-erdi, majlis ahlig‘a aning kalomidin taassub bo‘lur erdi. Ul bu holni der erdikim, Abulqosim
Junayd h. s. suhbati barakotidindur. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, andin burunki, Shayx
Abulabbos Suranj Sherozg‘a kelgay, ilm ashobi Sufiyani juhhol xayol qilurlar erdi. Ulkim, Sherozg‘a
keldi va alarning marta bayu maqomin bayon qildi va alar tili bila so‘z aytti va alarning fazlig‘a
guvohlig‘ berdi va borlar ulamo majlisida dedikim, «valloh, biz odame bo‘lmaduq va adab
o‘rganmaduk, to alar suhbatig‘a yetmaduk». Andin so‘ng ulamo alarni tanidilar va ulug‘ tuttilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |