683. Mavlono Mirzayn q. s.
Marv viloyatida buzurg erdi. Yigitlikda zohir ilmin go‘yoki qilg‘andur. Avrodu avqot va xonaqohu
muridlari bor edi. Ul viloyat ahlig‘a irshod huzurida erdi. Mulkning xaloyiqi ulug‘-kichikdin barcha
anga muxlis va mu’taqid erdilar. Hukkom bovujudi ulki, uyi necha yog‘och shahrdin yiroq erdi,
ziyoratig‘a borurlar erdi. Qabri o‘zi bo‘lur kentda-o‘qdur.
684. Xoja Muayyad Mehna q. s.
Shayx Abusaid Abulxayr q. s.ning avlodidindurlar. Zohir ulumin takmil qilib erdilar. Yillar buzurgvor
jaddlari mazori boshida shayx ul-islom erdilar, va’zda nafaslari bag‘oyat mu’assir, samr’da harakotlari
asru muriq. Zamon salotini va akobiru ashrofi irodatu ixlos yuzidin alarg‘a ta’zimu ehtirom qilurlar
erdi. Bu haqirni farzandliq lafzi bila sarafroz qilib, xayr-duosi ko‘p etib, boramda fotihalar o‘qub
erdilar. Umid ulki, biri mustajob bo‘lg‘ay. Qabrlari ham Hazrat Shayxning munavvar gunbazlaridadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |