663. Mavlono Shihobuddin q. s.
Oti Muhammaddur. Mavlono Abulxayrning og‘asi erdi. Ul dag‘i kichik yoshida Qur’on hifzi qilib
erdi. Darveshlik va faqr tariqi sulukida biyik holatu voqe’otqa yetib erdi yoshi saksonga yetganda
sakkiz yuz to‘qson to‘qquzda dunyodin o‘tti. Qabri inisi yonida, Shoh Abulg‘aysdadur.
664. Mavlono Xojiy r. t.
Yigitlikda tamavvul va moli bor ermish. Barchasin darveshlarga va faqr ahlig‘a sarf qilibdur. Va
suluki chog‘ida sakkiz haj davlatig‘a musharraf bo‘lubdur yillar Makkada mujovir erkandur. Qirq
yilg‘a yaqin hazrat Maxdumii n. m. n. xidmatig‘a musharraf erdi. Va ul Hazratning aning bila ko‘p
inbisotu iltifotlari bor erdi, andoqki, alarning kutubu musavvadalarin muhofazat qilur erdi. Va yoshi
yetmish to‘rtga yetganda sakkiz yuz to‘qson to‘qquzda olamdin o‘tubdur. Va mozori Hazrat
Maxdumiyning suffasi ustidadur.
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
210
Do'stlaringiz bilan baham: |