Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
177
ko‘yubozorg‘a yetar erdi, yosh o‘g‘lonlar va savol ahli muhtojlar ilayin tutub va keynicha yugurub,
nima tilarlar erdi. Va ul og‘zidin diramlar chiqarib, alarg‘a berur erdi. Va ul diramlar birdek emas erdi,
ba’zi kumush, ba’zi mis. Har kishining toleiga ko‘ra nasib bo‘lur erdi. Debdurlarki, Hind mulkida bir
tabbox bor erdiki, har kun bir zarf taom yasab, o‘z o‘g‘lidin Shayx uchun yuborur erdi. Ittifoqan ul
o‘g‘lon mariz bo‘ldi va favt bo‘ldi. Bu asnoda Shayxning xotirig‘a ul tifl jonibidin bir nima keldi.
Betavaqquf qo‘pti va ul tabbox uyiga bordi. Bildiki, ul farzandi tabboxning o‘lubdur va madfang‘a
eltibdurlar. Shayx ham bordi, ko‘rdiki, go‘rga kiyurub, tufroqqa topshirdilar. Shayx ul go‘rga kirdi va
mayyit egnidin ko‘tardi va yuqori boqib dediki, bor xudoyo, bu o‘g‘longinani tirguz! Haq subhonahu
va taolo ul o‘g‘longinag‘a jon bag‘ishladi. Va qo‘pti va Shayxning ayog‘ig‘a tushti. Shayx Mahmud
Bihoriyning qabri Kilukuharidadur va duo mustajob bo‘lurning mahalidur.
Do'stlaringiz bilan baham: