Alisher Navoiy.
Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
132
Hazrat Xoja ani Hazrat Xoja Muhammad Porso suhbatlarig‘a amr qilg‘ondurlar. Va azim istig‘roqi bor
ermish. Va bag‘oyat shirintakallum ermish. Goh bo‘lur
ermishki, so‘z aytadurg‘onning orasida o‘zdin
g‘oyib bo‘lur ermish. Xoja Muhammad Porso q. s. muborak safarg‘a azimat qilg‘onda ani ham o‘zlari
bila eltibdurlar. Samarqand
akobiridin biri aytibdurkim, Xoja Albuddin bag‘oyat
qari va zaif
bo‘lubdur,
andin hech ish kelmas, agar ani qo‘yub borsangiz bo‘lur. Xoja debdurlarki,
aning bila hech
ishimiz yo‘qdur, mundin o‘zgakim, har qachon ani ko‘rsak, Xojalar nisbati xotirg‘a kelur.
Do'stlaringiz bilan baham: