Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
125
Shayx Naxshabdin Buxorog‘a kelur erdi, Xojag‘a mulozamat qilurlar erdi.
Shayx debdurki, bu nav’
talabgorlig‘ki, senda ko‘rub-men, toliblardin hech qaysida ko‘rmaymen. Oxir bu Qusam Shayx Xoja
inqito’iy va kamoli beta’ayyunlug‘idin Buxoroning timlaridin birida andoq savdo va sotiq qildi va
chiqib bir do‘konchada o‘lturub, ashob va farzandlaridin har kimki, oning
bila edilar tiladi va dediki,
bizing borur chog‘imiz bo‘ldi. Tavhid kalimasin alar muvofaqati bila aytti va jon taslim qildi.
449. Xalil Ota q. r.
Xoja Bahouddin hazratlari debdurlarki, bidoyat holda bir kecha Hakim ota r. niki, turk mashoyixining
kiboridindur, voqe’ada ko‘rdumki, bizni bir darveshga siporish qiladur. Uyg‘ong‘ondin so‘ngra ul
darveshning surati xotirda erdi va bizga jaddani erdi,
soliha otamiz onasi, ul voqe’ani alarg‘a ayttuq.
Dedilar: ey farzand, senga turk mashoyixidin nasibe bo‘lg‘usidur va men doim ul darveshga tolib
erdim.
To bir kun Buxoro bozorida ul darveshga yo‘luqdum va tanidum. Otin so‘rdum. Xalil erdi. Ul zamon
oning bila mujolasat va mukolama muyassar bo‘lmadi. Chuk manzilg‘a bordim va oqshom bo‘ldi. Ul
darvesh
qoshidin birov kelib, meni tiladi. Kuz ayyomi erdi. Bir pora meva oldim va ul darvesh
xizmatig‘a bordim. Chun tiladimki, ul voqe’ani anga izhor qilg‘aymen. Ayttiki, ulcha saning
xotiringdadur, bizga ayondur.
Bayon qilmoq hojat emas, mening holim o‘zga bo‘ldi. Ko‘ngul mayli
oning suhbatig‘a ko‘p bo‘ldi va oning suhbatida shigarf ahvol va g‘arib va ajib nimalar mushohada
bo‘lur erdi ondin. Va muddatdin so‘ngra Movarounnahr mulkining saltanati anga musallam bo‘ldi va
menga oning xizmat va mulozamatin qilmoq zarur erdi va mulozamat ayyomida ham azim ishlar zohir
bo‘lur erdi va menga shafqat zohir qilur erdi. Gohi lutf va gohi unf bila manga xizmat adosin ta’lim
qilur erdi va ul jihatdin ko‘p favoid menga yetar erdi va bu yo‘l sayru sulukida ko‘p
ishga yoror erdi va
olti yilg‘acha oning xizmatida bu nav’ bo‘lur erdim va xaloda xos suhbatining mahrami erdim va
maloda saltanat odobin rioyat qilur erdim va malikdin burunroq ham olti yil oning xizmati va suhbatida
bo‘lur erdim. Ko‘p qatla borgohi xosi qoshida aytur erdikim, har kim Haq
taolo rizosi uchun menga
xizmat qilur, xalq orasida buzurg bo‘lg‘ay va menga ma’lum bo‘lur erdikim, bu so‘zdin maqsudi
kimdur. Bu muddatdin so‘ngra, chun majozii mamlakatig‘a zavol bo‘ldi va har lahzada mulku xidamu
hashami haboan mansuran bo‘lur erdi va dunyo ishi tamom maning ko‘nglumda sovudi. Buxorog‘a
keldim. Revartundakim, Buxoro kentlaridindur sokin bo‘ldum.
Do'stlaringiz bilan baham: