291. Abulhusayn Sirvoniy r. t.
Oti Ali b. Muhammad Sirvoniydur. Sirvonini Sag‘irning ustodi. Mag‘ribning Sirvonidindur. Va
Dimyotda o‘lturur erdi va buzurg erdi. Shayx Abu Said Moliniy «Mashoyixi arba’in»ida
kelturubdurkim, Abulhusayn Sirvoniyi Kabir debdurkim, Sahl b. Abdulloh Tustarin dedikim, [kimki
har qanday ahvolida bir imomning zohiriy amallariga iqtido qilmasa, uning botiniy holini haq deb
bilmasa, u Haqdan uziladi]
1
. Va ham debdurkim, [rizo–g‘aybdan yetadigan narsalarga muvofaqat
qilishdan ustun turadi]
2
. Ul Xavvosdin vasiyat talabi qildi. Xavvos dedikim, [faqirlar suhbatin lozim
tutki, unda xayr bordir]
3
.
292. Abulhusayn Qarofiy r. t.
Oti Ali b. Usmon b. Nasr Qarofiydur. Va Qarofa Misr kentlaridindur. Debdurlarki, ul Dimyotda bo‘lur
erdi. Abulxayr Taynotiy va Abulhasan Soiig‘ Dinavarnnning shogirdidur. Umri yuz o‘nga yetti. Uch
yuz saksonda dunyodin o‘tti. Shayx ul-islom debdurki, Qa-rofiy o‘z vaqtida dunyoning yagonasi va
benaziri erdi. Bas haddunnazar va hozirul vaqt. Avom bila sunnin pa xavos bila orif va o‘zlukida
muvahhid erdi va nishoni xud gum! Va shayx ul-islom oxir umrida o‘n tanni ixtiyor qilib ermish.
Abulxayr Taynotiy va Qarofiy va Husriy va Ali Bundor Sayrafiy va Nasrobodiy va kichik Sirvoniy va
Nihovandiy va Qassob va Xaraqoniy va Toqiy. Va der erdikim, bular boshqadurlar. Bir qatla Qarofiy
kemada ihtisob qildi, ayog‘ iligin bog‘lab, daryog‘a tashladilar. Namoz chog‘i ani avvalgi safda
ko‘rdilar, tani o‘l bo‘lmaydur erdi. Shayx ul-islom debdurki, aning tirigini kishi o‘ltura oymaskim, ul
o‘zga ruh bila tirikdur. Ham shayx ul-islom dedikim, Sayyidus sodot Qarofiy debdurkim, chun sanga
bir nima bersalarki, xilofi sher’ bo‘lgay, vojibdur ani yashirmak.
293. Abu Sulaymon Niliy q. s.
Shayx ul-islom debdurki, Abu Sulaymon Niliy Qarofiyg‘a keldi va aning manglayin o‘pti. Va Abu
Sulaymonning kisvati bag‘oyat eski va yirtuq erdi. Qarofiy anga boqib dedikim, yo Abu Sulaymon,
sening to‘nungni xalaq ko‘rarmen. Va ikki qoshing orasida hukumat ko‘runur, ikki xisht boshing ostiga
qo‘yarsen, amio ul orada hokimsen. Andin so‘ngra ani Mag‘ribda hrkim qildilar, sufilig‘ndin. So‘ngra
Abubakr Duqqiy Qarofiyg‘a keldi. Qarofni anga dedikim, jahon mujarradi derlar va men seni ikki
beshik orasida ko‘rarmen. Oz fursatda Duqqiy uylandi va anga ikki farzand bo‘ldi. Ikki beshik orasida
o‘lturub, Qarofiy so‘zni sog‘inur erdi. Qarofiyg‘a farosatda ajoyib ko‘pdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |