Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/372
Sana01.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#721699
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   372
Bog'liq
navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com

767. Joriyai Habashiya r. t.
Shayx Muhyiddin Abdulqodir Giloniy q. t. r. debdurki, avval qatlaki, Bag‘doddin Haj azimati 
qildimki, yigit erdim va yolg‘uz borur erdim. Shayx Addiy b. Musofir manga yo‘luqdi. Ul ham yigit 
erdi. Mendin so‘rdikim, qayon borursen? Dedim: Makkaga. Dedi: musohibqa mayling bor? Dedim: 
men tajrid qadami bila boradurmen. Dedi: men ham tajrid qadami bilamen. Bila yo‘lg‘a tushduk. 
Yo‘lda bir kun Joriyai Habashiya paydo bo‘ldi, yuziga burqa bog‘liq. Va mening yuzumga tez-tez 
boqdi va so‘rdn: ey yigit, qaydinsan? Dedim: Ajamdin. Dedi: bu kun meni ranjg‘a solding. Dedim: 
nechuk? Dedi: bu soat Habash bilodidin erdim. Manga mushohada tushdiki, Tengri taolo sening 
ko‘nglungga tajalli qildi va sanga atoe qildiki, bu toyifadin men bilurlardin hech kimga mundoq ato 
qilmaydur. Tiladimki, seni ko‘rgaymen. Va dedi: men bu kun sizing bilaman va sizing bila iftor 
qilurmen. Va yurudi. Va ul vodiyning bir yonidin va biz yana bir yonidin borur erduk. Chun oqshom 
bo‘ldi, ko‘kdin bir tabaq indi, anda olti rag‘if sirkavu sabzi bila. Joriyai Habashiya dediki, [Meni va 
mehmonimni ikrom qilgan Allohga hamd bo‘lsin!]
1
. Har kecha manga ikki rag‘if inar erdi, bu kecha 
yo‘ldoshlardin har biri uchun ikki rag‘if indi. Andin so‘ngra uch ibriq suv indiki, chun andin ichduk, 
lazzatu halovatda dunyoda ichgan suvlarg‘a o‘xshamas erdi. Pas ul kecha bizdin ayrildi va ketti. Chun 
Makkaga yettuk, tavofda Shayx Addiyg‘a tajalli voqe’ bo‘ldiki, bexud bo‘lub yiqildi, andoqki ba’zi der 
erdilarki, ul o‘ldi. Nogoh ko‘rdumki, ul Joriya aning ustida turubdur va aytadurki, seni tirguzgay ul 
kishi bu nav’ o‘lturubdur. [Pokdir u Allohki, jalol nurining qarshisida borliqdagi hodisalar faqat uning 
madadi bilan qoyimdir va sifotining zuhur etishi jihatidan koinot faqat uning kuch-quvvati bilan 
barqarordir. Balki uning muqaddas pokligi oqillar ko‘zlarini ko‘r qiladi va xushbo‘ylarining zeboligi 
ulug‘lar qalbini rom etadi]
2
. Andin so‘ngra tavofda manga tajalli voqe’ bo‘ldi. Va botinimdin xitobe 
eshittim va aning oxirida manga ayttilarki, Ey Abdulqodir, zohir tajridini qo‘y, tavhid tafridini lozim 
tut va el naf’i uchun o‘lturki, bnzga xos bandalar borki, tilarbizki, alarni sening ilgingda qurbimiz 
sharafig‘a yetkururbiz. Nogoh ul Joriya dedi: ey yigit, bilmasmen, bu kun ne nishondur sangaki, 
boshingda nurdin borgoh urubdurlar va osmong‘acha maloik tegrangga aylanibdurlar va barcha 
avliyoning ko‘zi o‘z maqomlaridin sanga xira qolibdur va barcha sanga bergonidikka umidvordurlar. 
Andin so‘ngra ul Joriya bordi va yana ani ko‘rmadim. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish