397. Xoja Muhammad b. Abu Ahmad Abdol Chishtiy q. s.
Otasidin so‘ngra aning qoyim-maqomi erdi. Va yigirma to‘rt yoshida diniy va yaqiniy ulumu maorif
kasb qilib erdi. Zohid va mutavarri’ erdi va dunyo ahlidin mujtanib va mutanaffir erdi. Doyim der
ermishki, chun avvalu oxirimiz dunyo tarhidur, o‘zni aning g‘ururu firibidin asramoq kerak.
398.Ustod Mardon.
Xavof viloyatida Sinjon qasabasidin. Xojaning muridlaridindur. Yillar aning istinjo kesakin va vuzu’
suyin muhayyo qilur erdi. Anga vatan murojaatig‘a amr qilg‘onda, ul yig‘labdurki, manga sizing
muforaqatingiz toqati qachon bor? Xoja debdurki, har qachonki sanga bizing dindorimiz orzusi bo‘lsa,
jismoniy hijoblar va makoniy masofatlar murtafe’ bo‘lg‘ay va bizni ham andin ko‘rgaysen. Va ham
andoq-o‘q bo‘lubdur. Ustod der ermishki, men Sinjondin Chishtni ko‘rarmen. Va Xoja to‘rt yuz
yigirma birda
dunyodin o‘tdi.
399. Xoja Yusuf b. Muhammad Sam’on r. t.
Ul Xoja Muhammad Abu Ahmadning xoharzodasidur. Va andin tarbiyat topibdur. Va Xoja
Muhammad oltmish beshgacha kadxudo bo‘lmag‘ondur. Va bir singli bor erdikim, Xojaning xidmatin
qilur erdi. Va xojaning kiymak-emaki aning dastrastidin erdi. Va aning yoshi qirqqa yetib erdi va
og‘asi xidmati va Tengri ibodati ishtig‘oli sababidin tazavvujg‘a mayl qilmaydur erdi. Bir kecha Xoja
Muhammad buzurgvor otasi Xoja Abu Ahmadni tushta ko‘rdikim, otasi anga dediki, [Shumo falon]1
viloyatida bir kishidur, oti Muhammad b. Sam’on, olim va solih kishidur, singlingni anga nikoh qil!
Xoja ani tiladi, g‘oyibdan ishorat bo‘lg‘on bila ul solihani Muhammad Sam’ong‘a aqd qildi va ul
Chishtda-o‘q mutavattin bo‘ldi va Xoja Yusuf alardin mutavallid bo‘ldi. Xoja Muhammadning o‘g‘li
yo‘q erdi, Xoja Yusufni farzandliqqa asrar erdi va tarbiyat qilur erdi. Va ulum tahsili va Tengri yo‘li
sulukiga dalolat, qilur erdi. Va Xoja Muhammadning vafotidin so‘ngra Xoja Yusuf aning qoyim-
maqomi bo‘ldi va anga ellik yoshdin so‘ngra inzivo va inqito’ mayli bo‘ldi. Xoja Hojiyi Makkiy
mazori yonidakim, Shayx Abu Ishoq Shomiy ani ko‘p ziyorat qilur ermish yerda chillaxona o‘z
muborak iligi bila qazib, o‘n ikki yil anda basar eltibdur. Va oncha sukru dahshat va volahu hayrat
anga g‘olib ermishki, mumtad zamonlar o‘zidin g‘oyib bo‘lub, yana hozir bo‘lur ermish. Ul vaqtdakim,
Shayx ul-islom Abu Ismoyil Abdulloh Ansoriy q. s. Chisht mazorotida ekandur, aning bila muloqot
qilg‘ondur. Andin yong‘onda, Hirotda majolisu mahofilda ani sog‘inib, istihson qilur ermish. Va ul
sakson to‘rt yashabdur. Va to‘rt yuz ellik to‘qqizda dunyodin o‘tubdur. Va o‘tar vaqtda ulug‘ o‘g‘li
Shayx Qutbuddin Mavdudni o‘ziga qoyim-maqom qilibdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |