www.ziyouz.com
kutubxonasi
57
212. Abu Ja’far Majzum r. s.
Abulabbos Atoning aqronidindur. Ro‘zgorining g‘avsi erdi va g‘avs yashirundur, yo xayrda, yo
sharrda. Ibn Hafif .debdurkim, Abulhusayn Darroj dedikim, Makka safarida manga rafiqlar nnqoridin
malolat bo‘ldi. Baridin ayrilib, muqarrar qildnmkim, yolg‘iz borg‘aymen. Chun Qodisiya masjidig‘a
yettim, anda pire ko‘rdum – majzum va anga azim baloe zohir. Manga salom berib dedikim. Ey
Abulhusayn, hajga ozimsen? Karohiyat bila ledim: Bale! Dedi: hamroh kerak? Uzumga dedimki, sahih
hamrohlardin ayrildim, bu nav’ ma’yubqa «yo‘luqgum, tiyralik yuzidin. Dedim: yo‘q! Dedi:
hamrohlig‘ qil! Dedim, vallohki, qilmag‘umdur. Dedi: Ey Abulhusayn! [Allohu taolo zayfga shunday
ma’naviy quvvat beradiki, kuchli kishi taajjubga tushadi]
1
. Dedim: andoqdur va g‘oyati inkor bila
azimat qildim. Chun manzilga yettim, ani ko‘rdum, farog‘at va huzur bila o‘lturubdur. Manga boqib
dedikim, [Allohu taolo zaifga shunday ma’naviy quvvat beradiki, kuchli kishi taajjubga tushadi]
2
.
G‘oyati kuduratimdin hech nima demay o‘ttum, ammo ko‘nglumda aning saridin taraddude va vasvose
paydo bo‘ldi. Chun sahar yana bir manzilg‘a yetib, masjidg‘a namoz uchun kirdim, ko‘rdumki, munda
ham farog‘at bila o‘lturubdur. Yana manga boqib ayttiki, [Allohu taolo zaifga shunday ma’naviy
quvvat beradiki kuch-li kishi taajjubga tushadi]
3
. Ilayida tufroqqa tushtum va ayttimki, Tengri va sanga
uzr taqsir qo‘larmen. Dedi: maqsudung nedur? Dedimki, xato qildim. hamrohlig‘ing maqsudumdur.
Dedikim, sen hamroh qil-masingg‘a ont ichting, manga sening ontingni yolg‘on qilurg‘a karohiyat
kelur. Dedim: bas, andoq qilki, har manzilda seni ko‘rgaymen. Qabul qildi, yo‘l ranji va ochlig‘
mendin zoyil bo‘ldi va hech anduhu taraddud manga qilmadi, andin o‘zgakim, botroq manzilg‘a
yetgaymen va ani ko‘rgaymen. Chun Makkaga yetishtim, mashoyix xizmatida ul holimni ayttim,
Shayx Abubakr Kattoniy va Shayx Abulhasan Muzayyin q. s. ayttilarkim, ey faqir, ul Shayx Abu Ja’far
Majzumdur va biz o‘ttuz: yildur, aning diydori orzusidadurbiz. Agar yana ko‘rsang, bizga xabar
qilg‘il! Har qachonkim ko‘rdum, aning diydori shavqi meni andog‘ mash’uf qildikim, alarg‘a. xabar
qila olmadim. So‘nggi qatla ko‘rganda iltimos qildimkim, meni bir duo qil! Dedi: sen duo qil, men
«omin» deyman! Uch duo qildim va ul «omin» dedi. Biri bu erdikim, Xudoyo mening ro‘zimni
kundinkunga yetkur! Va mo‘stajob bo‘ldi va yillardurki, manga hargiz bir kech o‘tmaydurkn, tonglag‘i
ro‘zim mavjud bo‘lmamish? bo‘lg‘ay.
Yana bir duom bu erdikim, faqru darveshlikni ko‘nglumg‘a mahbub qil! Va holo hech nima bila oncha
muhabbatim yo‘qdurki, faqru darveshlik bila!
Va yana biri bu erdikim, meni bu toifa bila mash– hur qil! Umidim uldurki, bu ham mustajob bo‘lmish
bo‘lg‘ay. Shayx ul-islom debdurki, hech kimga haqorat. ko‘zi bila boqmangki, aning do‘st.lari
yashurun bo‘lg‘aylar. Agar basiratu farosat bila bu toifag‘a boqmasang o‘zungg‘a sitam qilmish
bo‘lg‘aysen. Shayx Abulhasan Xaraqoniy q. s. debdurki, chun amonat el orasidin chiqti, ul do‘stlarin
eldin pinhon qildi. Va debdurki, mek kim bo‘lg‘aymenkim, seni sevgaymen, do‘stlaringni se-varmen.
Do'stlaringiz bilan baham: |