www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
R u b o i ya:
Avval ikki devong‘a chu qildim rag‘bat,
Ham erdi yigitlik madadim, ham sihhat,
Bo‘ldum chu qariyu xasta, yo‘q ul quvvat
Ko‘rguzgali andoq nimalarga jur’at.
Kulliyragi bukim, ul davovin tartibida Sultoni sohibqironning oliy tab’ining islohu ihtimomi behad
va har juzviy nuktada tag‘yiru ta’limi mo lo kalomi beadad erkan jihatdin ul ish saranjom suvratin
paydo qildi va iftohidin ixtitomig‘a deguncha tartib raqami chekildi. Bu za’fu notavonlig‘im zamonida
bu ajzu zabunluqu besomonlig‘im tug‘yonida Sultoni sohibqironning ra’yi olamoroyiyu zamiri
xurshidta’siri go‘yokim ba’zi avqotda olam kishvari fathig‘a azmsozu ba’zi holotda kishvar ahli
obodonlig‘ig‘a sehrpardoz va ba’zi zamonda ayshu nishot bila iligi zarposhu ba’zi avonda toatu ibodat
bila ko‘zi guharposhliqka mutaammilu mushtag‘il uchun bu xoshok daryodek ko‘ngliga kirmasu bu
zarra quyoshdek zamirig‘a paydo ermas. Va Sultoni sohibqironning himmat yuzidin ihtimomiyu sa’y
g‘oyatidin ta’limi bardavomi bo‘lmasa, mundoq dushvor ish ilgari bormog‘i mutaassir, balki
xayolimg‘a kechurmag‘i mutaazzirdur.
Mundoq hukm bo‘lg‘andin so‘ngra gah-gohi holimdin ogoh bo‘lmasa netkaymenu lahza-lahza
ahvolimdin xabar tutmasa neta olg‘aymen. Qumursqa Sulaymonning xotirig‘a kelmasa, ne mahalli
taajjubu tahayyur, Suho charxi gardon sathida ko‘runmasa, ne mahalli hayratu taazzur. Bu xoksor chun
bu dardi dillarimni izhoru nomurodlig‘larimni oshkor qildim va mazallat tufrog‘ig‘a tazallum bila
yiqildim, inoyat borgohidin sado keldiyu hidoyat korgohidin nido yetishtikim, ko‘nglungni solma va
bu nav’ savdovu vasvos xayolig‘a qolmakim, biz hech holda sening holingdin g‘ofil emas erkandurbiz,
ammo bu holdin sen g‘ofilu ko‘nglumizdin hargiz yoding zoyil ermas erkandur va bu ma’no sening
ko‘nglungdin zoyil. Andoqki burung‘i ikki devoning takmilida rioyatdin hech nav’ tag‘oful voqi’
bo‘lmadi va rahnamolig‘u inoyatdin hech turlug takosul suvrat bog‘lamadi, emdi dag‘i hamul dastur
bila, balki andin ham ortug‘roq, munda ham hamul qonun bila, balki andin ham afzunroq, ahvolingdin
xabar tutulg‘usidur va haroz vaqtda sarvaqtingg‘a yetilgusidur. Chun za’fi holing bizga zohiru
paydodur, shafqatu bandanavozlig‘lar bila ne yerda qolsang o‘tkarilgusidur va chun shikast ahvoling
bizga ravshanu xuvaydodur, marhamatu navosozlig‘lar bila har mushkiling bo‘lsa hal qiling‘usidurur.
R u b o i ya:
Shahdin chu bu nav’ lutfu ehson toptim,
Ummid dag‘i behadu poyon toptim,
Zulmat aro erdim, obi hayvon toptim,
Io‘q-yo‘qki, o‘lub erdim, yangi jon toptim.
Ko‘nglumga o‘zga quvvat kirdi va tab’img‘a o‘zga javdatu jalodat hosil bo‘ldi, kilkim jardayi
tezkomig‘a o‘zga ravonlig‘u xayolim sahobi barqxiromig‘a o‘zga gavharafshonlig‘ yuzlandi. Qabuli
barmog‘in ko‘zumgavu minnat iligin ko‘ksumgavu jonparvar so‘zumga qo‘ydum va zamir xilvatgohini
xavotir g‘avg‘osidin muarrovu ko‘ngul zistgohini vasovis hujumidin mubarro qildim. Xoma uchin tez
ettimu tab’ obi hayotin otashangiz. Va o‘tgan ayyomda aytilg‘an matla’lar subhi bidoyatin maqta’lar
shomi nihoyatig‘a payvastavu kechkan hangomda bitilgan parishon abyot gavharlarin takmil
rishtasig‘a tortmoq bila payvasta qila boshladim.
R u b o i ya:
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |