27
SAXOVU BUXL BOBIDA NUQTA SURMAK VA AROLARIDA IKKI VOSITA
KYeLTURMAK
Debon bergan kishi erdur valekin
Demay berganga erlik bil musallam.
Ne deb, ne bersa bilgil ani xotun,
Debon bermasni xotundin dag‘i kam.
28
AVOM RO‘ZASIN BAYoN QILMOQ VA DAHANBO‘STLAR OChLIG‘IN AYoN QILMOQ
Ne ro‘za bo‘lg‘ay angakim, ochuq bo‘lub og‘zi,
Dame kam o‘lmag‘ay andin kalomu harza-kalom.
G‘aribroq buki, qilg‘ay bahonayi sunnat
Ki, sharbat aylagay oshom zohir o‘lmay shom.
Namoz qilmag‘ayu qilsa ham namoz ichra
Taxayyul aylamagay g‘ayri lavn-lavn taom.
Chiqib namozdin o‘lg‘ay taom ila mamlu
Bu shart birlaki bo‘lg‘ay taomi barcha harom.
Dimog‘ topsa rutubat bu nav’ at’imadin
Gunas bosh urg‘ucha uyg‘anmag‘ay kishi nokom.
Ko‘zin chu ochti yana ro‘za aylagay niyat,
Agarchi fosid erur me’davu saql andom.
Bu turfakim, tilagay bu qadr qabohat ila
Ki, ro‘za tutmag‘ini anglag‘ay xosu avom.
Bu savm ilaki malak ani yozmag‘ay juz fisq,
Zihe malakvash soyim, zihe xujasta maqom.
Navoiyo erur ortuq bu yemak-ichmakdin
Yilon etini yebon, zahrin aylamak oshom.
Do'stlaringiz bilan baham: |