Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/215
Sana16.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#677126
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   215
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
174
Ko‘zungni ko‘ngluma andoqki mizbon qilding,
Yuzungni ko‘zuma ham, kosh, mehmon qilsang. 
Bu bog‘ gullari bargida topmas, ey bulbul,
Dimog‘i mehr isi, yuz qatla imtihon qilsang. 
Navoiy, aylagasen vasl kishvarini vatan,
Fano yo‘lig‘a kirib, tarki xonumon qilsang. 
340
Qora-qora muja xanjarlarin ititmak ishing,
Hayot naxlini keskan qiyo-qiyo boqishing. 
Ishing bu erdiki, jonimni olg‘asen, tanni
Ki, sudraturmen eshiktin magar tugondi ishing. 
Zuloli Xizr labing ul zulol qatralari 
Ki, jola bo‘ldi uzoring bahori ichra tishing. 
Ne g‘unchasen ko‘ngul oxirki yelu su yeriga,
Bo‘lubtur ohu bag‘ir qoni birla parvarishing. 
Ko‘zumga qo‘ydn qadam, vah, o‘tar xayol aylab,
Olay desa ayog‘, ey ko‘z qoralari, yoshing. 
Erur chu dahr buzug‘ gulxan, ushbu avlokim,
Buzug‘da kechsa yozing, gulxan ichra o‘tsa qishing. 
Navoiy, istama eldin junun ilojinkim, 
Bu telbalik aro yo‘q ul pariydin o‘zga kishing. 
341
Ishva aylab elga, ohimdin tavahhum qilmading,
Tishlabon la’lingni, jonimg‘a tarahhum qilmading. 
La’ling ichra durlaring shavqida sarg‘ardi yuzum,
Ohkim, bu za’faron birla tabassum qilmading. 
Orzu qildim hadising — aylading qatlimg‘a hukm,
Ul dog‘i erdi ishoratkim, takallum qilmading. 
Elga jon bermak sanga dushvor kelsa, tong emas,
Senki to jon olmading eldin, tana’um qilmading. 
Ey ko‘ngul, andinki avval dud erur, andin so‘ng o‘t,
Ishq aro Farhodu Majnung‘a taqaddum qilmading. 
Ey qazo hukmig‘a ojiz, bu sifat mahkum o‘lub,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
175
Farq atvorida hech ish juz tahakkum qilmading. 
Tushkali ul guldin, ey bulbul, Navoiydek yiroq,
G‘ayri dilkash lahnu jonparvar tarannum qilmading. 
342
Bu ne husnu noz erurkim, intihosi yo‘q aning,
Bir nafas yo‘qkim, ko‘ngulda yuz balosi yo‘q aning. 
Xoli hijronida tim-tim yerga tomgan qon yoshim,
Har biri bir lolasdurkim, qorosi yo‘q aning. 
Ko‘nglum andoq to‘ldi qon birlaki, chiqmas nolasi,
Boda to‘lg‘an jom yanglig‘kim, sadosi yo‘q aning. 
Zohir etti xasta ko‘nglum yorasi og‘zida qon,
Kim bag‘ir xunobidin ayru g‘izosi yo‘q aning. 
Qullug‘ung dog‘in qo‘yub, ko‘nglumni g‘amdin sotqun ol
Kim, bu naqdi qalbdin ortuq bahosi yo‘q aning. 
Ganji ishratdur arusi dahr vasli, ohkim,
Anbarin zulfidin o‘zga ajdahosi yo‘q aning. 
Hajr o‘qi zaxmin Navoiy bog‘lamish boshtin ayoq,
Yo‘q esa jismin yopar chog‘liq lnbosi yo‘q aning. 
343
Toza dog‘ atrofida jismimda tim-tim qon ko‘rung,
Dardu g‘am tog‘ida, vah-vah, lolai nu’mon ko‘rung. 
Nafy kilg‘anlar qurug‘ jismim haloku za’fini,
Tang‘a ko‘nglumdin tiralgan har taraf paykon ko‘rung. 
Xalq yig‘lab tufrog‘im boshida yuz hasrat bila,
O‘qlarni har yen tanym omochida xandon ko‘rung. 
G‘am tuni yummas ko‘zum davrinda kirpik xaylini
Saf chekib, ko‘zning qorargan holig‘a hayron ko‘rung. 
Ishqin etkanlar havas, iynak bu tuhmatdin meni,
Bog‘lanib bo‘ynum fano bozorida, uryon ko‘rung. 
Charx bahri naqdini qnlgan tamanno zarralar,
Mehr g‘avvosin bu igrim ichra sargardon ko‘rung. 
O‘qlaridindur Navoiy jismi mehnat gulbuni,
Gullar nynak toza qonlig‘ dog‘idin har yon ko‘rung. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish