www.ziyouz.com
kutubxonasi
17
Kim, bo‘luptur bir pariyvash dilrabog‘a mubtalo.
Zohido, rasvolig‘im ta’n aylading, jahd aylakim,
Bo‘lmag‘aysen ul ko‘zi, qoshi qorog‘a mubtalo.
Bo‘lmayin begona yoru oshnodin chora yo‘q,
Xoh bo‘l begonag‘a, xoh oshnog‘a mubtalo.
Podsho birla gado holig‘a kulsa, ne ajab,
Bo‘lsa men yanglig‘ gadoe podshog‘a mubtalo.
Bo‘lmish ul kofir g‘ami devona ko‘nglumdin malul,
Hech kofir bo‘lmasun men mubtalog‘a mubtalo.
Soqiyo, may tutki, dardining davosi bodadur,
Hajrdin kim bo‘lsa dardi bedavog‘a mubtalo.
Kir xarobot ichrayu bo‘l rindlar vobastasi,
Xonaqahda bo‘lg‘ucha ahli riyog‘a mubtalo.
Ey Navoiy, yona ul badahddin bo‘lsam xalos,
Ahd qildimkim, yona bo‘lmay yonag‘a mubtalo.
33
Falak nilufaridin chashmai mehr o‘ldi gar paydo,
Yuzungda nildin ul chashma qilmish nilufar paydo.
O‘qung ko‘nglumga kirgach, qatra qonlar oqti, kim ko‘rmish
Nihol andoqki, ani tikkach-o‘q bo‘lg‘ay samar paydo.
Achiq so‘z birla bel qatlimg‘a bag‘lar, turfaroq bukim,
Nazarda ne og‘izdur zohir andin, ne kamar paydo.
Labi shavqi ichimda, yuzda qon yoshim, ajab ermas,
Yuzinda la’l yutqanning bo‘lur, derlar, asar paydo.
Ko‘ngulni to parishon aylading, yuz barqi g‘am sochti,
Nachukkim, o‘tni qo‘zg‘arlar, bo‘lur andin sharar paydo.
Yerutti vasl sham’i ahli hijron tiyra avqotin,
Mening shomimg‘a, vahkim, qilmadi davron sahar paydo.
Ajal qasrin hakimi sun’, bas, mushkil tilsim etmish
Ki, har kim anda kirdi, bo‘lmadi andin xabar paydo.
Masihodin dam urmangkim, habibim gardig‘a yetmas,
Agar Jibrildek egnidin aning bo‘lsa par paydo.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
18
Navoiy ishqin, ey zohid, sening panding ayon qildi,
Bale, ayb o‘lmag‘uncha oshkor, o‘lmas hunar paydo.
34
Manga ne manzilu ma’vo ayon, ne xonumon paydo,
Ne jonimdin asar zohir, ne ko‘nglumdin nishon paydo.
Xirad maxfiy, badan foniy, ko‘ngul g‘oyib, tarab ma’dum,
Bori sahl erdi, bo‘lsa erdi ul nomehribon paydo.
Shikebu sabru hush itmish, qaroru aqlu jon ketmish,
Ne g‘am, gar bo‘lsa ul oromi ruh, ul quti jon paydo.
Xayoli jonda paydodur, so‘zi afg‘onda paydodur,
O‘zi ham netti, vah, ollimda bo‘lsa bir zamon paydo.
O‘lar holatdamen onsiz, tarabdin ko‘rmayin o‘lmay,
Demang, ta’jil ila ul umr bo‘lsa nogahon paydo.
Qiyomat erdi onsizkim, yuz ochti, ey musulmonlar,
Bo‘lung voqifki, bo‘ldi fitnai oxirzamon paydo.
Kesar yuz naxlni har dam, qilur yuz sarvni xurram,
Taajjub, ko‘rki, bu gulshanda ermas bog‘bon paydo.
Hazar qilmoq qazo jallodidin bo‘lmaski, yillardur
Qilur qatl, uylakim, ne tig‘ o‘lur paydo, ne qon paydo.
Sanga jon shavqidin berdi Navoiy, yo‘q ajaldinkim,
Ajal topquncha ermas ul zaifi notavon paydo.
35
Ul oy bu telba bila yormu ekin, oyo,
Zamiri ichra g‘amim bormu ekin, oyo.
Bukim, firoqi o‘zumdin xabarsiz etti meni,
O‘zi birorta xabardormu ekin, oyo.
Ko‘zum tobonig‘akim shomi vasl surtarmen,
Uyubmu erkinu, bedormu ekin, oyo,
Men ul taraf bora olmon, ko‘ngul kela olmas,
Meningdek ul dog‘i bemormu ekin, oyo.
Kamandi zulfi gah ochilg‘ach, uchti imonim,
Rasanmu, rishtai zunnormu ekin, oyo.
Chu xirqa bodag‘a rahn o‘ldi, bo‘lmisham sargum,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |