www.ziyouz.com
kutubxonasi
136
Ey Navoiy, vaslig‘a sendin keyinrak yo‘q kishi,
Kimsa garchi oshiqi sendin burunrog‘ o‘lmamish.
264
Demagil mujgonkim, ul ko‘z qasdi ahbob aylamish
Qim, temurdin neshlar aylab, siyahtob aylamish.
Xolu xatdin mushafi ruxsorig‘a kilki qazo,
Mushk birla nuqta, anbar birla e’rob aylamish.
Uyqudin bosh qo‘yg‘ay ul ko‘z sajda, xud qilg‘usi yo‘q
Kofirekim, mastlig‘din azmi mehrob aylamish.
To‘lg‘adi jon rishtasiyu tori zulfi xushturur,
Gar bir ip eshmak uchun ul ikkini tob aylamish.
Nomabar qush yordin kelgach, o‘larmen shavqdin,
Jon chekarga go‘yo har tirnog‘ni qullob aylamish
Ey xush ulkim, bu havodis dayrig‘a kirgan kishi
Chiqqucha, davron ani masti mayi nob aylamish.
Ey Navoiy, zavraqi umrung qutulmaskim, qazo
Davrig‘a aning falak bahrini girdob aylamish.
265
Dardi ishqing uyla zor etmish meni, ey bag‘ri tosh
Kim, qo‘yarmen yig‘labon har notavon ollida bosh.
Ko‘ngluma ko‘zdin kirib, g‘ayri xayolin qo‘zg‘adi,
Zarra xayli qo‘zg‘alur, chun kirdi ravzandin quyosh.
Chun meni qildi balo tog‘i junun, tosh otmangiz,
Negakim yerdin olib otmas kishi tog‘ uzra tosh.
Reshdur bo‘g‘zum balo zahri ichardin, yo‘q ajab,
Holima yig‘larda andin o‘tkan un topmoq xirosh.
O‘qi yetkachkim, bo‘lub jon birla ko‘nglum muztarib,
Iztirob ermas, boshoq ustida aylarlar talosh.
Durdi joming ham g‘izo, ham bodadur, ey mug‘bacha,
Piri dayr iqbolidin shahlarg‘a yo‘q mendek maosh.
Eyki, ko‘rmaysen Navoiy ohi o‘qi hay’atin,
Bir stundek shu’la ko‘k sahfig‘acha, ko‘rgil, tutosh.
266
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
137
Xil’atinmu qildi ul gulro‘i siyminbar binafsh,
Yo binafsha aylamish gulshannn sar-tosar binafsh.
Arg‘uvongun yuz, binafsha rang xat jonim olur,
Xil’ati bo‘lsun aning gar arg‘uvoniy gar binafsh.
Yo‘qki, ul sanchar binafsha dastasin dastorg‘a,
Egnida xil’atlarin dog‘i qilur aksar binafsh.
Savsaniy bo‘rkung yopar kechkangni, ey mir’oti husn,
Ko‘zgu yanglig‘kim, o‘chasen qildi ohangar binafsh.
Xayli ruhoniy hamonokim, binafsh aylar libos
Kim, haririn aylar ul huri pariy paykar binafsh.
Burqa’ olg‘ach, kiydi moviy xil’at uzra savsaniy,
Mehrdin qilg‘an kebi moviyni nilufar binafsh.
Ne binafshadur, ne nofarmon guli, ne savsaniy
To‘nkim, ul kiygali loyiq emastur har binafsh.
Gul kebi jismingg‘a, ey soqiy, binafsh oyin to‘nung,
Uyladurkim, bodai gulrang uchun sog‘ar binafsh.
Gar Navoiy aqli mabhut o‘lsa, qilmang aybkim,
Hoshiya zarbaft etib, deklay kiyar dilbar binafsh.
267
Meni ishq ichra degan oqilu farzona emish,
Degay ulkim, so‘zin eshitsaki, devona emish.
Yopsa yuz har kecha ko‘nglum qushidin, tong yo‘qkim,
Malak ul sham’i jahontobqa parvona emish.
Qasri ul husn shahining erur andoq oliy
Ki, falak kungurasi qasrig‘a dandona emish.
Ko‘zlarim andin emish qonu ramad aynidakim,
Durd hamkosa munga, hajr anga hamxona emish.
Zaxmi ko‘p tanda jununluq ko‘ngul oromidin
Telbalar maskani fahm o‘ldiki, vayrona emish.
Jannatu kavsar umidi bila o‘ldung, ey shayx,
Bilki, naqd ushbu fano dayrida mayxona emish.
Zuhd ila eyki Navoiyni o‘karsen, ko‘rduk
Ishi usrukluk emish, hamdami paymona emish.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |