Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/215
Sana16.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#677126
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   215
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
66
Nachukkim, tosh aro pinhon zumurrad. 
G‘am ermas ne uchunkim husni ortar,
Chiqarsa sabzadin bo‘ston zumurrad. 
Zumurrad topmaq erdi mushkil, emdi
Ilikka kirgusi oson zumurrad. 
Zumurrad qadri bor oz ersa, lekin
Xush ermas behadu poyon zumurrad. 
Zumurradqa yuzung kon bo‘ldi, ammo
Fido bo‘lsun anga yuz kon zumurrad. 
Magar yoqut yanglig‘dur mufarrih
Kim, aylar xalqni xandon zumurrad. 
Falak yuz neshi zahrolud tortar
Ki, qilmas sabzadin tug‘yon zumurrad. 
Navoiy, sabza ichra ich mayi la’l
Ki, solmish bog‘ aro davron zumurrad. 
125
Ey, soching zanjirida oshuftayu shaydo xirad,
Ul savod ichra topib sarmoyai savdo xirad. 
Gar junun daf’ig‘adur zanjnr, ko‘rgil, kim qilur
Ul salosil qaydida devonalig‘ paydo xirad. 
Bo‘ldi ishq ilgida andoqkim, kerak zoru zabun,
Aylamak bordi junun ahlig‘a istig‘no xirad. 
Asru rasvolig‘larimni ko‘rmish erdi ishq aro, 
Men nachuk rasvo edim, bo‘lmish bu dam rasvo xirad. 
Ishq kuydurdi xiradni, bordi ulkim, degamen
Kim, bu muhlik varta ichra yo bo‘lay men, yo xirad. 
Gar xirad ham ishq mag‘lubidurur mendek, valek
Hech mushfiq g‘am yemas ahvolima illo xirad. 
Ishq aro jonig‘a yetgandin, dame istab farog‘,
Bizga targ‘ib aylar emdi sog‘ari sahbo xirad. 
Kir fano vodiysi ichra ishq ra’yi birlakim,
Mastu mabhut o‘ldi anda ziyraku dono, xirad. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
67
Ey Navoiy, ishq aro kom istasang, devona bo‘l,
Bu sharafni topmag‘ung, hamrohing o‘lsa to xirad. 
126
Vahki, ham hushumni afzun qilmadi afsunu pand,
Ham jununimni kam aylay olmadi zanjiru band. 
Bilki, sendindur bori dardim ne fikring holima,
Dardmand el holin ul bilgayki, bo‘lg‘ay dardmand. 
Zaxmlarkim soldi zahrolud tig‘ing jismima,
Og‘zin ochib har biri, holimg‘a aylar zahrxand. 
Bo‘ynunga mushkin ipakdin, eyki, tumor osmishang,
Qayda holim bilgasenkim, bo‘ynuma taqding kamand. 
To ko‘ngul xoling xayolidin boshingg‘a evrulur,
Yo‘q sanga hojat yomon ko‘z daf’ig‘a o‘tu sipand. 
Chun falak toqidek oxir bo‘lg‘usidur sarnigun,
Rif’ating toqin, ne sud, etmak falakcha sarbaland. 
Ey Navoiy, obi hayvondek labidin uz umid
Kim, sochi zulmotidin yopti anga mushkin parand. 
127
Yo‘lida jon berdim, o‘tti ko‘rmayin jonon, ne sud,
Ko‘rsa ham, ko‘rmaska solib, zoe’ o‘ldi jon, ne sud. 
Sud ko‘z tuttum qorarg‘an ko‘zga ul yuz mehridin,
Anglag‘ach, mehri jamolin ayladi pinhon, ne sud. 
Bir tabassumg‘a labidin jonni berdim sud uchun,
Jonim olib, la’li aning bo‘lmadi xandon, ne sud. 
Zulfi savdosida naqdi umr berdim, ohkim,
Yetmadi jonimg‘a bu savdoda juz nuqson, ne sud. 
O‘qlaridin javhari paykon ko‘ngulga sud edi,
Har nekim otti yetishkach, o‘ttilar parron, ne sud. 
Foniy o‘l aylab jahon sudu ziyonin tarkkim,
Ne ziyondur mo‘‘tabar olamda, ey nodon, ne sud. 
Ey Navoiy, dema jon ber, vaslidin sud istasang,
Yuz tuman jon bersa, chunkim, vasl emas imkon, ne sud. 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish