Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/216
Sana27.02.2023
Hajmi0,87 Mb.
#914922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   216
24


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
13
Gul kerakmastur menga, majlisda sahbo bo‘lmasa,
Naylayin sahboni, bir gul majlisaro bo‘lmasa. 
Bazm aro xushtur qadah kavkab, vale ermas tamom,
Mutribi xushlahjai xurshid siymo bo‘lmasa. 
Mehru mohu mushtariyu zuhra chun qildi tulu’,
Hech nahs axtar tulu’i anda qat’o bo‘lmasa. 
Muncha bo‘lsa ham muyassar, jam’ emas xotir hanuz,
Toki mug‘ ko‘yida bir mahfuzi ma’vo bo‘lmasa. 
Chun bu yerda ichkaridin rust bog‘landi eshik,
Odam ermas ul kishikim, bodapaymo bo‘lmasa. 
Xushturur bu nav’ amniyat, vale aqshomg‘acha
Gar falakdin bir xiyonat oshkoro bo‘lmasa. 
Har kishiga umrida bu nav’ bir kun bersa dast,
To abad g‘am yo‘q agar bo‘lsa yana, yo bo‘lmasa. 
Umr bazmida nashot asbobi dilkashdur, base,
Gar havodis shahnasidin anda yag‘mo bo‘lmasa. 
Ey Navoiy, gar nasibingdur abad umre, kerak
Xotiringda yordin o‘zga tamanno bo‘lmasa. 
25
Yuzi ollida gul, nazzora qildim, xo‘b emas ancha,
Qadi qoshig‘a boqtim, sarvg‘a marg‘ub emas ancha. 
Habibim ishqida devona bo‘lg‘anda, pariy dog‘i
Ko‘zumga jilva qildi, borlar mahbub emas ancha. 
Bo‘lubmen yorg‘a tolib va lekin hurg‘a zohid, 
Muni men istamasmenkim, manga matlub emas ancha. 
Iti o‘ltursa ham, ko‘prak sog‘inurmen raqibidin,
Nedinkim, xotirimdin bu pariy maslub emas ancha. 
May ichsam behisob, eskarmayin kavsar suyin, yo‘q ayb,
Fano kasbida bu ollimda chun mahsub emas ancha. 
Junun ko‘nglumga Majnundin erur g‘olibroq, ey oqil,
Taaqqul aylasang savdog‘a bu mag‘lub emas ancha. 
Agar zuhdi riyoiy ahlidin kufr ahlini ko‘proq
Sog‘insam ayb emaskim, bu manga ma’yub emas ancha. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
14
Ko‘zum ashkini yo‘q, lekin qurutmoq bahrni mumkin
Ki, xilqat vajhidin tab’i munung martub emas ancha. 
Navoiyg‘a keraktur yor, gul bulbulg‘a bo‘lsunkim,
Yuzi ollida gul, nazzora qildim, xo‘b emas ancha. 
26
Sohiredur ul ko‘z, ammo xoli hindu ostida
Nuqtadur oraz uza, yo‘q ersa, jodu ostida. 
Son’din ko‘rdik zanaxdon ostida fikrat chog‘i,
Kimki ko‘rmaydur bilurin dasta ko‘zgu ostida. 
Ichsa may, jismi safosidin ko‘runur to borur,
La’l agar tushsa, ko‘rungandek suzuk su ostida. 
Shohlar tojig‘a loyiq tugmadur, gar bersa dast,
Go‘yikim ko‘rguzdi ul chobuk uzangu ostida. 
Otashin gulning niholisin unut, ey andalib,
Kuldin o‘zga gulxani bistar solurmu ostida. 
Jomi miynoe ilikdin qo‘ymakim, bu shevasiz,
Kimsa xushhol o‘lmadi bu toqi minu ostida. 
Ey Navoiy, qayg‘u tog‘in may bila daf’ aylakim,
Yaxshiroq tog‘ ostida qolmoqki, qayg‘u ostida. 
27
Fig‘onki, hajridin o‘ldi o‘kush alam bizga,
Tarahhum etmadi ul mehri yo‘q sanam bizga. 
Fidosi jonu ko‘ngul ayladuk, vafo ul oy
Qilib ulusqa, ravo ko‘rdi dardu g‘am bizga. 
G‘amidin o‘ldigu ul isaviy dam aylamadi,
Iyodat aylagali ranja bir qadam bizga. 
Bitidi har sari ushshoqig‘a vafo bitigin
Magar, ushaldi yetishkan zamon qalam bizga. 
May el bila ichibon, bizni xokirah aylab,
Fig‘onki, to‘kmadi durdi piyola ham bizga. 
Fano mayini agar piri dayrdin topsaq,
Sinuq safol ko‘p ortuqki, jomi Jam bizga. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish