www.ziyouz.com
kutubxonasi
298
Kishiga har nekim kelgay qazodin,
Davoe yaxshiroq yo‘qtur rizodin.
Bilurmenkim ne kelmish kishvaringg‘a,
Ne bir kishvarki xaylu chokaringg‘a.
Vale ulkim erur xaylu sirohing,
Muteu banda, balkim xoki rohing.
Alardin gar biri tutsang meni ham,
Biri ham yo‘qki, tutsang barchadin kam.
Agar insofni tortib arog‘a,
Taammul aylasang bu mojarog‘a.
Manga yetgan baliyat ko‘ru ozi,
Bori birla bo‘la olur muvozi.
Desang mehnatqa sen erding sazovor,
Alarg‘a zulm qildi charxi davvor.
Fido borig‘a joni notavonim,
Ne qilsang ham turubdur xasta jonim.
Gar ermas muncha birla ham kifoyat,
Mening bo‘ynumg‘a yuklarsen jinoyat.
Yo‘lingda bor esam tufrog‘din kam
Va lekin chiqmadim tufrog‘din ham.
Manga ham bor edi erkin diyore,
Diyorim xayli ichra iqtidore.
Atom shoyadki xoqon erdi erkin.
Necha iqlim uza xon erdi erkin.
Yetib erdi ekin boshimg‘a toji,
Ayog‘im ostig‘a ham taxti oji.
Xitou Chin aro o‘n ikki ming shahr,
Topar erdi ekin hukmum bila bahr.
Munga loyiq sirohu xaylu johim,
Tariqi saltanatda dastgohim.
Yetib chun ishq xayli turktozi,
Haqiqiy ishq, yo‘q ishqi majozi.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |