www.ziyouz.com kutubxonasi
262
Nechakim yetsa Xusravdin g‘aromat,
Ne bo‘lsoq biz bo‘lub, sen bo‘l salomat».
Dedi Farhodkim: «Yey notavonlar,
Falakdin men kibi ozurda jonlar
1
.
Qachon kelgay bu ish ahli vafodin,
Xususan men zaifi mubtalodin
Ki, rag‘bat aylabon komi havog‘a,
Necha mahzunni solg‘aymen balog‘a».
Alarning komi ul shaydo xiromi,
Aning komi alar ayshi mudomi.
Javonibdin bu yanglig‘ erdi holat,
Aning ko‘nglig‘a ish erdi havolat.
Alar ozod etib erdilar oni,
Aning ul tegrada lekin makoni.
Qo‘yar erdi gahi qo‘rg‘on sori gom,
Tutub bir dam alar qoshida orom.
Bori ko‘z yorutub farrux yuzidin,
Tamattu’lar olib shirin so‘zidin.
Yanakim ishq o‘ti urdi zabona,
Chekar erdi fig‘oni bexudona.
Qo‘yar erdi hamul vodiy sari yuz,
Qilib qat’ ollida tog‘ o‘lsa, gar tuz.
Junundin kim topib tab’ida orom,
Qoshida jam’ o‘lub doim dadu dom.
Sulaymondek barig‘a hukmi jori,
Agar dashtiyu yoxud ko‘hsori.
2
Sulaymonvash chekib ul yerga roya
Ki, qushlar tortibon boshig‘a soya.
Qilib ishq o‘yla shavkat rahnamuni
Ki, sheri sharzani aylab zabuni.
Bo‘lub ul gohi sher ustiga pokib,
Sibou vahsh anga xaylu mavokib.