www.ziyouz.com
kutubxonasi
256
Adolat ushbu bo‘lg‘ay, lavhashalloh!
2
Shijoat muncha bo‘lg‘ay, borakalloh!
Damekim ermas erdim ishq asiri,
Yerim erdi xirad mulki sariri.
Shuur anvoridin holimg‘a rartav,
Manga ul kun yo‘luqsa erdi Xusrav.
Agar yuz muncha bo‘lsa erdi xayli,
Borining kinu qon to‘kmakka mayli.
Borining tori umrin uzgay erdim,
Yigitlikni anga ko‘rguzgay erdim.
g‘urur o‘ti ichidin so‘ngay erdi,
Shijoat rasmini o‘rgangay erdi.
Bu dam hamki zaifu notavonmen,
g‘aribu oshiqu bexonumonmen.
Meni tutmoqqa ul kunkim qilib mayl,
Sirohidin yibordi bir qolin xayl.
O‘zi bilgayki, ul tosheki urdum,
Boshidin xudining milin uchurdum.
Agar qilsam edi boshin nishona,
Bor erdi boshig‘a hukmum ravona.
Kechib ul qavmu xayli qonidin ham,
Alarning qoni, oning jonidin ham.
Omon chun torti mendin boshi oning.
Boshim qasdi erur rodoshi oning.
Tiriklik rasmi mendin xud yiroqdur,
O‘lum hijronda andin yaxshiroqdur.
Qilibmen margni hijrong‘a tarjeh,
Bu so‘zg‘a hojat ermas asru tavzeh.
Vale essa Xito sori nasime,
Bu ishdin anda yetkursa shamime.
Topib Xoqon xabar ovorasidin,
Qayu ovora, bag‘ri rorasidin
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |