www.ziyouz.com
kutubxonasi
168
Jahon mulkin kezib kishvar-bakishvar,
Hududi boxtardin to ba xovar.
Xito mulkiga ham tushgan guzori,
Kelib ollig‘a Moniy dastkori.
Tilab manshur ul tutmay musallam,
Musallam tutmay ul istarda bu ham.
Qalam ahlig‘a oning tarhi dastur,
Jahon ahli debon otini Shorur.
Sayohatda qazoi osmoni
Bularg‘a hamrah aylab erdi oni.
Base hayron edi Farhod ishida
Ki, ko‘rmaydur edi tavrin kishida.
Ne ish ul qilsa aylar erdi ta’miq.
Qila olmas edi holini tahqiq.
Tengizda dog‘i ul razmig‘a hayron,
Qurug‘luq ichra bu bazmig‘a hayron.
Bu damkim ko‘rdi oning holi zorin,
Sirishku nolai beixtiyorin.
Tafarrus birla torti fikratandesh
Ki, ko‘nglin ishq tig‘i aylamish resh.
Qilay der erdi har so‘zdin mudovo,
Anga Farhod qilmas erdi rarvo.
Jihatsiz kuymagiga soldi chun ko‘z,
Sola boshladi dardi ishqdin so‘z.
Necha ishq o‘tidin qilsa hikoyat,
Anga aylar edi ko‘rroq siroyat.
Bilib so‘zin xiradmandi yagona,
Der erdi ishqdin o‘tlug‘ fasona.
Dame ul yig‘lamoqdin tutmay orom,
Ani bu nav’ o‘ziga ayladi rom.
Guzin Farhodg‘a bexavfu kulfat
Bo‘lub Shorur ila ul nav’i ulfat
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |