www.ziyouz.com
kutubxonasi
127
Yiqilg‘ay yerga ul raykar hamul dam,
Ne yolg‘uz ulki boru uzra yuz ham.
Ochilg‘ay ul tilismi hech-darrech,
Kishi kirgay anga vahm etmayin hech.
Vale otqon zamon baxt o‘lmay ogoh.
Kishi yozsa o‘shul ko‘zguni nogoh.
Kushod o‘lg‘ay anga ul barcha novak,
Chiqorg‘ay rar oningdekkim chakovak.
Tani bo‘lg‘ay qafas monand holi,
Tiriklik bulbulidin lek xoli.
Chu sen dog‘i bu ishga aylagung azm,
Degan so‘zlarni asra ko‘nglunga jazm.
Desangkim, toymag‘oy ul yerda goming,
Sanog‘liq gom ila bo‘lsun xiroming.
O‘qurda «ismi a’zam» tutma orom,
O‘qumay «ism» qo‘yma yo‘lda bir gom.
Chu qilsa hamla sher og‘zini ochib,
Damidin ajdahodek shu’la sochib.
Ravon xotamni oning og‘zig‘a ot
Ki, oning birla daf’ o‘lg‘usi ul bot.
Olib xotam yana bo‘lg‘il ravona,
Hamul toshqachakim dedim nishona.
Chiqib tosh uzra ochay deb eshikni,
O‘qu yoyinga chun urg‘ung ilikni,
Necha otmoqqa bo‘lsa iqtidoring,
Kerak albatta «ism» o‘lg‘ay shioring.
Chu qildi Xizr bu ishlarni ta’lim,
Dedi: tush yo‘lg‘a emdi, aylamay bim.
O‘pub, Farhod, ayog‘in yo‘lg‘a kirdi,
Nekim qildi oning ta’limi erdi.
Chu bo‘ldi sher darband ichra mavjud,
Anga xotamni otqoch bo‘ldi nobud.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |