www.ziyouz.com
kutubxonasi
280
Hamul kundinki shohi kishvari ishq,
Balo avjida raxshon axtari ishq.
Desam shah — shah, desam darvesh — darvesh,
g‘aribu xasta Farhodi jigarresh.
Aduvning domi makrig‘a bo‘lub sayd,
Aning qaydig‘a zohir bo‘ldi yuz qayd.
Bihamdillah, anga qayd aylagonni,
O‘kush talbis ila sayd aylagonni.
Olib bir devkush xopoki ottim,
Jahannam xittasi sori uzottim.
Ko‘zum chun orazidin bo‘ldi mahjur,
Yotardim go‘shalarda zoru ranjur.
Ne sud oning sori bo‘lmoqqa ozim,
Ne yuzkim sizga bo‘lg‘oymen mulozim.
Tuno kungacha erdim zoru g‘amkash,
Yiqilg‘on bir buzug‘ ichra mushavvash.
Chu qo‘rg‘on ichra bo‘ldum asru diltang,
QO‘pub tashqari chiqmoq qildim ohang.
Qadam boru uza har sori soldim
Ki, o‘zni qal’adin tashqori soldim.
Ki, ul xayl ichra kezib ertau kech,
Tora olg‘aymu men andin xabar hechg‘!
Kirib Rarvez o‘rdusig‘a bu shom,
Tutub har anjuman yonida orom.
Yetib ishratgahu g‘amxonalarg‘a,
Quloq solur edim afsonalarg‘a.
Hamono qat’ o‘lub gardun nifoqi,
Ajab mansuba tushti ittifoqi.
Ki, ham ushbu kun ul fardi zamondin,
g‘aribu xastau bexonumondin.
Ulus ichra hadisi toza erdi,
Bag‘oyat bulajab ovoza erdi».
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |