115
Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: «Hazrati Ibni Umardan
(r.a.):
-
Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida ayollar qanday namoz o‘qirdi? - deya so‘raldi.
Hazrati Umar (r.a.):
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
www.ziyouz.com
kutubxonasi
29
- Ayollar chordona qurib o‘tirar edilar. Keyin sonlari ustiga (quymichlarida. -
Tarj
.)
o‘tirishga buyurildilar, - deya javob berdi».
116
Abu Hanifa (r.a.) Abu Ishoqdan, u Abu Barodan rivoyat qiladi. Abu Baro aytadi: «Hazrati
Payg‘ambar (s.a.v.) bizga Qur’ondan sura o‘rgatganlaridek namozdagi tashahhudni
o‘rgatar edilar».
117
Abu Hanifa (r.a.) Qosimdan, Qosim otasidan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi.
Abdulloh (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) bizga namozning xutbasini, ya’ni tashahhudni
o‘rgatdilar», dedilar.
118
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Abu Voildan, u Shaqiq ibn Salamadan, u Abdulloh ibn
Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Abdulloh aytadi: «Biz Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.)
orqalarida namoz o‘qirdik va «Assalomu alaalloh» der edik».
Bir rivoyatda: «Min ibodihi Assalamu ‘ala Jibriyla va Mikoila» qo‘shilgan.
Nabiy (s.a.v.) bizga burilib dedilar:
-
Alloh taolo o‘zi salomdir, siz tashahhudga o‘tirganda bunday deng:
«Attahiyyatu lillahi vas-salavatu vat-toyyibatu. Assalamu ‘alayka ayyuhan - nabiyyu va
rahmatullohi va barokatuhu. Assalamu ‘alayna va ‘ala ibadillahis - solihiyn. Ashhadu an
La ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va Rasuluh».
Bir rivoyatda bunday deyiladi:
«As-salomu ‘alalloh, as-salomu ‘ala Jibriyla, as-salamu ‘ala Rasululloh», deyishardi.
Rasululloh (s.a.v.): «As-salamu ‘alalloh demang, balki:
«Attahiyyatu lillahi vas-salavatu…», deb ayting.
Boshqa bir rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) ularga tashahhudni oxirigacha o‘rgatdilar»,
deyilgan. Bir rivoyatda «Bizga o‘rgatdilar», deyiladi.
Yana bir rivoyatda bunday keladi: «Biz Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bilan namoz
o‘qiganimizda, namoz oxirida o‘tirganimizda: «As-salamu ‘alalloh, as-salamu ‘ala
Rasululloh va ‘ala mala’ikatihi..», der edik. Rasululloh (s.a.v.): «Bunday demang, lekin:
«Attahiyyatu lillahi vas-salavatu vat-toyyibatu…» denglar», deya marhamat qildilar».
119
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Ibn Mas’uddan (r.a.)
rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) bunday dedi: «Rasululloh (s.a.v.) o‘ng tomonlariga:
«As-salomu alaykum va rahmatulloh», deya salom berar edilar. O’ng va chap
tomonlariga salom berganlarida yuzlarining yarmi orqalaridan ko‘rinar edi».
Bir rivoyatda: «O’ng yonoqlarining oqligi ko‘rinar edi», deyiladi.
120
Abu Hanifa (r.a.) Qosimdan, u otasidan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abdulloh
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |