Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
www.ziyouz.com
kutubxonasi
96
471
Abu Hanifa (r.a.) Osim ibn Burdadan rivoyat qiladi. Ibn Burda (r.a.) aytdilar: «Nabiy
(s.a.v.) ansordan bir jamoaning uylariga borib ziyorat etdilar. Ular Hazrati Payg‘ambarga
bir qo‘y so‘yib, undan ovqat tayyorladilar.
Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) u go‘shtdan bir bo‘lak olib ancha chaynadilar, ammo luqmani
yutolmadilar.
- Bu qanaqa go‘sht? - deb so‘radilar.
- Bu falon kishining qo‘yi edi. U kelgach, pulini berib, uni rozi qilamiz, - deyishdi.
Shunda Rasululloh (s.a.v.):
- Uni asirlarga yediring, - dedilar».
Bir rivoyatda (Osim ibn Kulayb, u otasidan qilgan rivoyatda) Osim ibn Kulaybning otasi
aytadi: «Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) ashobidan bir odam ovqat tayyorladi va
Payg‘ambarni (s.a.v.) chaqirdi. Ul zot (s.a.v.) o‘sha sahobaning uyiga bordilar. Biz ham
Rasululloh (s.a.v.) bilan birga bordik va ovqatlanishga o‘tirdik. Taom keltirildi. Nabiy
(s.a.v.) u taomdan bir go‘sht parchasi oldilar, uzoq payt chaynadilar. Ammo
yeyolmasdan og‘izlaridan chiqardilar va taomdan qo‘llarini tortdilar. Rasulullohning
(s.a.v.) bu hollarini ko‘rgach, biz ham yeyishdan to‘xtadik. Nabiy (s.a.v.) uy egasini
chaqirib undan so‘radilar:
- Bu go‘sht qaerdan keldi? Menga gapirib ber.
-
Yo Rasululloh, - dedi uy egasi, - bu birodarimizning qo‘yi edi. Sotib olay desak o‘zi
yonimizda yo‘q edi. Shoshilib turgan edik. So‘yib sizga taom pishirdik. Birodarimiz
kelgach, qo‘yning pulini unga beramiz.
Shunda Rasululloh (s.a.v.):
- Ovqatni ko‘taring, uni asirlarga yediring, - deb amr etdilar.
Abdulvohid deydiki, men Abu Hanifaga (r.a.) aytdim:
- Bir odam egasi rozi bo‘lmagan molni olib uning foydasidan sadaqa beradi, deysiz. Buni
qaerdan oldingiz?
- Osimning hadisidan oldim, - dedilar Abu Hanifa (r.a.).
472
Abu Hanifa (r.a.) Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) bunday
dedilar: «Yaxshilikka dalolat qilgan yaxshilikni qilgan kimsa kabidir».
473
Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn
Buraydaning otasi aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) «Yaxshilikning qilinishiga yo‘l ko‘rsatgan
(sababchi bo‘lgan -
Tarj
.) o‘sha yaxshilikni qilgan kabidir», dedilar».
474
Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn
Buraydaning otasi aytdi: «Nabiydan (s.a.v.) bir odam ulov so‘rab keldi. Rasululloh
(s.a.v.):
- Yonimda seni mindiradigan bir ulovim yo‘q, biroq seni mindiradigan bir kishini
ko‘rsataman. Falonchi o‘g‘illarining qabristoniga bor. U yerda ansordan bir yigit bor,
o‘rtoqlari bilan birga otish mashqini o‘tkazayapti. Uning bir tuyasi bor, o‘shandan so‘ra,
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |