Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
«Buqacha? Nega unaqa deyapti? Qizining o‘ynashimi u? Balki bu odam faqat qizining 
o‘limidangina emas, nomus azobidan ham ezilayotgandir? Bechora...» 
Shu fikrda Toshboltaga astoydil achindi. O‘lim — haq. Rizq qirqilgan ekan, iloj yo‘q. 
Ota bir kunmi, bir yilmi kuyar, oqibat dard sovib, taqdiriga tan berar. O‘z umri 
shomining ham yaqinlashib qolganini fahm etib, farzandi bilan u dunyoda ko‘rishmoq 
orzusida yashar. Lekin «o‘ynashi bilan birga o‘ldirilibdi», degan isnod o‘ti sovumas, to 
joni chiqquniga qadar yurak-bag‘rini kuydirib xarob qilar. 
Shunday fikrdagi Omonulloning unga rahmi kelardi. 
O, g‘ofil banda! O‘z qiziga o‘lim eshiklarini ochib bergan zot aynan ana shu odam 
ekanini bilsami edi, unga achinmas, bil’aks, nafrat o‘qlarining barini unga sochgan 
bo‘lardi. 
Dunyodagi odam zotining qarichi bir-biriga mos kelmaydi. Barmoq izlarining ham 
o‘xshashi yo‘q. Shu kabi baxt haqidagi tushunchalar ham bir-biriga o‘xshamaydi. Agar 
baxt o‘lchovli narsa bo‘lsa edi, uni har kim o‘z qarichi bilan o‘lchaydi, demoq mumkin 
edi. Agar baxt ko‘zga ko‘ringuvchi narsa bo‘lsa edi, uni har kim o‘z ko‘zi bilan ko‘radi, 
desak yanglishmas edik. Ayrim odamlar rangni farqlay olmaganlari kabi baxt bilan 
baxtsizlikning chegarasini bilmaydilar. Masho-yixlar «senga asal bo‘lib tuyulgan asli 
zahardir, zahar bo‘lib tuyulgani esa asaldir», deb bejiz ogoh etmaganlar. 
Bani Odam faqatgina baxt yoki baxtsizlik nima ekanini farqlay olmasa, unchalik 
ajablanmasa ham bo‘lar, «farosatsiz, adashgan banda», deb qo‘yilar. Ammo oltmish 
yilga yaqin umr ko‘rgani holda nima uchun odam bo‘lib tug‘ilganini, nima uchun 
yashayotganini, kaltakesakdan yoki suvarakdan nimasi bilan farqlanishini fahm etmasa, 
qanday xulosa qilmoq mumkin? Balki bunday kimsalar yorug‘ jahonda ozdir? Oz bo‘lsa-
da, shularning biri — hozirgina ho‘ngrab yig‘lab, bo‘zla-yotgan ota — Toshboltadir. Balki 
olam aro yagonadir. Agar shunday bo‘lsa, o‘sha bittaginasi ham shuning o‘zidir. 
Omonullo uning ichini qandaydir dard, qandaydir pushaymon kemirayotgandir, deb 
xayol qildi. Kishida dard, pushaymon bo‘lmog‘i uchun ham iymon lozimligini esa fahm 
etmadi. 
Ilohi bandaman, bechoradurman, 
Havoyi nafs ila ovoradurman. 
Erurman barcha nuqsonimg‘a iqror, 
Musulmon o‘g‘li qilmas ishlarim bor...
18
 
Bunday demoqlik uchun, bu iqror va tavba uchun Odam bolasiga nechog‘lik iymon 
zarur? 
Omonullo buni bilmaydi. Aniqroq aytilsa, bunday tushunchadan u ham yiroq. 
Toshboltadagi iymon darajasini aniqlashga banda ojiz. Bu balki qabrga kirganda, balki 
qiyomatda aniq bo‘lar, vallohi a’lam... 
Ayni choqda u kuyib yig‘ladi. Shu oqibatga olib keluvchi muqarrar bo‘lgan yo‘lni o‘zi 
tanlaganini esa o‘ylamasdi. «Hozir dard ichida shundaydir» dersiz? Balki... Ammo 
haqiqat shuki, dard sovuganidan so‘ng ham o‘ylamaydi buni. «Qizimga o‘zim o‘lim 
hukmini yozganman», demaydi. 
Tursunalining osh-ovqatini pishirib yursa ham kam bo‘lmas edi. Qo‘shmachilik 
qilishiga balo bormidi? O‘z qizining nomusini nafsi uchun qurbon qiluvchi otalarni nima 
uchun yer yutmaydi ekan? Bundaylarni yer bag‘riga olmoqdan hazar qilar, oqibatda 
bundaylardan hatto do‘zax olovi ham nafratlanar... 
                               
18
 Hazrat So‘fiy Ollohyordan. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish