Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
168
Shanba kuni ularning vazifalari ayon bo‘ldi. Shaharchadagi qaysi uylarda badavlatroq 
odamlar turishini alohida ko‘rsatishdi. Guruh ikkiga bo‘lindi. Birinchi guruh — keyin 
kelgan yetti yigit — uchragan odamlarni o‘ldirib, uylarni yoqib ketishi kerak edi. Koshak 
esa ikki sherigi bilan badavlat xonadonlarni talab, so‘ng o‘t qo‘yishni zimmasiga oldi. 
Qo‘lga kiritilgan boylik o‘n kishiga teppa-teng halol bo‘linishi qayd etildi. Vazifa yashin 
tezligida bajarilishi shart edi. Shanba kuni kechqurun ularni shu ko‘chalardan ikki marta 
olib o‘tishdi. Ertasiga kun yoyilganda, uzoqda olomon ko‘rinishi bilan ular vazifalarini 
bajarishga kirishdilar. Aldangani uchun g‘azab otiga mingan Koshak bu vazifalarni 
keragidan ortiqroq darajada bajarishga harakat qildi. Birinchi uyga bostirib kirganidayoq 
xonadon sohibi uning ko‘ziga dam Tursunali, dam Tengiz bo‘lib ko‘rinib pichog‘ini 
sanchaverdi... sanchaverdi... Har tig‘ urganida ko‘ngli rohatdan yayrayverdi... 
yayrayverdi... 
To‘mtoq aqli esa hademay o‘zining qoni ham oqajagini idrok etmadi. 
Vazifalar ado etilib, hamma yuz bergan fojia haqida bosh qotirayotgan kunlarning 
birida Tengiz «oilasidan xabar olish» uchun ijozat so‘rab Tursun-alining ota uyiga bordi. 
Amakivachchalar «SSSR prokuraturasidan kelgan» Tengizga monelik qilishmadi. Bog‘ 
o‘rtasi kavlanib, temir quticha olindi. «Akt» yozilib, amakivachchalar guvoh sifatida imzo 
chekdilar. Bir necha yil tuproq ostida «jon saqlagan» temir quticha ertasigayoq yana 
Tengiz uchun ishonchli bo‘lgan joyga ko‘milib, egasi ozod bo‘lib qaytguniga qadar 
kutdi... 
TENGIZ 
U hayoti yo‘lida tikanlar, toshlar borligini bilardi-yu, ammo olovlarga duch kelarman, 
deb o‘ylamagan edi. Tengiz «Koshak bilan vazifamiz bir bo‘lsa, u haromi bilan 
uchrashaman», deb yanglishdi. Vazifa o‘taladigan joy bir bo‘lgani bilan, bajariluvi lozim 
bo‘lgan yumush boshqa-boshqa edi. Ta’bir joiz bo‘lsa, xuddi bolalarning «Oq va Qizil» 
o‘yiniga o‘xshardi. Bir guruh bola Oq, bir guruhi Qizilga ayrilganidek, Koshak bilan 
Tengiz ham bo‘lingan edilar. Koshak yerli xalq nomidan vahshiylikni boshlagach, Tengiz 
tog‘liklar nomidan qarshi zulmni ko‘tarishi lozim edi. 
Tengiz o‘zining guruhi bilan shahar turmasida vazifa boshlanish onlarini kutdi. Ularni 
shanba kuni kechqurun shahar yonboshidagi tog‘liklar zich yashaydigan mahallaga olib 
kelib, pastqamroq uyga joyladilar. Koshak guruhidan farqli o‘laroq, ular makon topgan 
hovliga qurolli soqchilar qo‘ydilar. Tengiz va uning sheriklari sodiq xizmat qilmoqqa va’da 
berganlari bilan, ularga to‘la ishonch yo‘q edi. Shanba oqshomida vazifa bilan 
tanishtirishgach, «agar bajarishdan bosh tortsangiz yoki qochmoqchi bo‘lsangiz, jo-yida 
otib tashlaymiz», deb ogohlantirishdi. 
Kechasi Tengiz uxlay olmadi. Chekish bahonasida hovliga chiqqanida bir odamning 
darvoza ustuniga mato bog‘layotganini ko‘rib soqchiga ajablanib qaradi. Soq-chi unga 
«ishing bo‘lmasin!» deganday qo‘l siltab qo‘ydi. 
Kun yoyilganda boshlashdi. 
Avval bir to‘da o‘tdi. Uylardan qora tutun o‘rlay boshladi. 
So‘ng kichik to‘da paydo bo‘ldi. Oldindagi Koshakni ko‘rib Tengiz darvozadan otilib 
chiqay dedi. Soqchi «hali vaqt bor», deb ko‘kragidan itardi.  
Ko‘chaga qo‘yilishi bilan Koshakni izladi. Topdi. 
Sandiq kavlayotgan Koshak orqasida sharpa sezib o‘girildi, ammo o‘zini himoya qila 
olmadi — Tengizning qo‘lidagi pichoq bo‘g‘ziga qadaldi-yu, tomog‘idan otilgan qon 
sandiq ichidagi pullarni qizilga bo‘yadi. Dam o‘tmay uning jasadi o‘zi o‘ldirgan uy 
egalarining murdalari bilan birga yona boshladi... 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish