208
GEORG VILGELM FRIDRIX GEGEL (1770-1831)
Nemis faylasufi Gegel Vyurtemberg knyazligining poytaxti Shtutgart shahrida tug‘ilgan. Uning otasi xazinaxona kotibi bo‘lib xizmat qilgan. Gegel to‘liq universitet ta’limini olgan. Ilohiyotshunoslik fanlari nomzodi va falsafa magistri darajasiga ega bo‘lgan. 1793 yildan 1800 yilgacha xonadonlarda muallimlik va tarbiyachilik qilgan. 1801 yilda Yen shahriga keladi va mahalliy universitetda falsafadan dars beradi. Gegel Arastu zamonidan buyon yashab kelayotgan mantiq ilmi an’analarini birinchilardan bo‘lib qayta ko‘rib chiqdi hamda falsafa tarixidagi eng dadil tamoyilni ilgari surdi. Uning mazmuni shunday: «Qarama-qarshilik – haqiqat mezoni. Qarama- qarshilikning yo‘qligi esa –xatolar mezoni». Gegel 61 yoshida to‘satdan vaboga chalinib hayotdan ko‘z yumdi.