Epiktet Kichik Osiyoda joylashgan Gierpolis shahrida tug‘ilib o‘sdi. Hozirgi Turkiya davlatining poytaxti Anqaradan 75 chaqirim uzoqlikda joylashgan bu shaharda savdo- sotiq juda rivojlangan edi. Epiktet qul oilasida dunyoga keldi. Bolalik chog‘ida uni Rim shahridagi qul bozoriga keltiradilar. Epiktetni hukmdor Neronning tanqo‘riqchisi Epafrodit sotib oladi. «Epiktet» so‘zi — «sotib olingan» degan ma’noni anglatadi. Epafrodit Epiktetni sotib olayotganda uning chidamliligini tekshirish maqsadida tayoq bilan tizzasining pastiga