Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
207
Inson o‘zi burchli bo‘lgan hamma ishni bajarishga qodir.
* * *
O’zimdan tashqaridagi narsalarni o‘zgartirolmaganim uchun o‘zimdagilarni o‘zgartirishga qaror
qildim.
Falsafaga, aynan Kant falsafasiga o‘zimni urdim.
* * *
Harakat qilmoq! Harakat qilmoq! Biz shuning uchun mavjudmiz.
* * *
O’z-o‘zingni idrok et, atrofingni o‘rab turgan hamma narsadan nigohingni uz va botiningga boq. Bu
falsafaning o‘z shogirdiga qo‘yadigan birinchi talabidir. Bunda gap sendan tashqaridagi emas, balki
faqat sendagi narsalar haqida boryapti.
* * *
Har qanday voqelik ta’sirchanlikdir, hamma ta’sirchanlik voqelikdir.
* * *
Tabiat odamlarni erkinlik, ya’ni faoliyat uchun yaratdi.
* * *
Biz bilganimiz uchun harakat qilmaymiz, balki harakat uchun yaratilganimiz tufayli bilamiz.
* * *
Inson zotiga mansub odamlar bir-birlariga o‘xshamaydilar. Ularning o‘xshash tomoni bitta.
U ham
bo‘lsa, barchaning pirovard maqsadi – mukammallik.
* * *
… Va mana, vaqt oqimida qachonlardir mavjud bo‘lgan ilmning siniq parchalari suzib yuribdi. Siz
ularning bebaho ekanini eshitgansiz. Qurbingiz yetganicha ilm siniqlarini bu oqimdan tutib olasiz-da,
qiziquvchilarga ko‘rsatasiz. Siz bu bo‘laklarni sindirib, ezib yoki bexosdan shaklini buzib yubormaslik
uchun va beshikast
holda avlodlaringizga, avlodlaringiz esa o‘z avlodlariga qoldirishi uchun, ular esa
o‘z navbatida qiziquvchan nasllarga ko‘rsatishi uchun asrab-avaylaysiz. Goho ularni silab-siypab
tozalaysiz.
Men sizning huzuringizda paydo bo‘ldim. Va siz lutf ko‘rsatib, meni o‘zingizga do‘st sanadingiz. Siz
menga do‘stlarcha yordam ko‘rsatishga urindingiz. Ko‘nglingiz
meni rom etishni, ogohlantirishni,
maslahat berishni tilardi… Siz avvaliga men bayon etgan narsalarni tarix, Kant oqimidagi bo‘laklar deb
hisobladingiz. Va ularni o‘zingizdagi kollektsiyalar bilan taqqoslashga jazm etdingiz. Bundan hech bir
ish chiqmagach, ularni hayotiy tajriba oqimidagi parchalar deb hisobladingiz. Men
ne demay, qanday
dalillar bilan ishontirishga urinmay va qanchalar tantanavor ta’kidlamay, qay yo‘sinda qarshilik
ko‘rsatmay, baribir, siz mening ilmiy qoidalarimni tajribaviy qoidalarga,
mushohadalarimni idrok
mahsuliga, falsafamni psixologiyaga tenglashtirishdan voz kechmadingiz…
… Shunday qilib, siz kollektsiyangizdagi har biri o‘zicha mavjud bo‘lgan bo‘laklarni bir butun deb
hisobladingiz. Har birini alohida holda xotirada saqlash mumkin deb o‘yladingiz. Biroq bu alohida
parchalar siz qamrab olgan holatda biri ikkinchisiga to‘g‘ri kelmas, yopishmasdi.
Shunda shovqin
ko‘tardingiz: «Ziddiyat!» Bunday holat sizda izchil sun’iy bayon to‘g‘risida hech qanday tushunchaning
yo‘qligi, sizga faqat donolar hikmatlarini jamlashgina ma’lumligi tufayli ro‘y berdi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: