www.ziyouz.com
кутубхонаси
76
* * *
Xalqning daromadini qiyib, boz ustiga borini tortib olgandan ko‘ra, avval daromad qilish
imkoniyatini yaratib, so‘ng uning bir qismini olgan a’lodir.
* * *
«Bobokalonlarimiz odamlar ustidan hukmronlik qiluvchi zot xushsurat va go‘zal libosli bo‘lmasa,
xalqni hamjihatlikda ushlab turolmasligini yaxshi bilganlar», — deb yozadi faylasuf.
* * *
Syun-tszi donolikni to‘rt toifaga ajratadi.
1. Xizmatkorning donoligi: chaqqonlik, topqirlik, aql-farosat bilan yo‘g‘rilgan, ammo izchillikdan xoli
nutq; hech kimga keragi bo‘lmagan ilm bilan shug‘ullanish; haqiqat va yolg‘on bilan hisoblashishni
istamaslik.
2. Quv odamning donoligi: ikkiyuzlamachilik, muomalaning barcha tamoyillarini buzish; har bir
ishda xatoga yo‘l qo‘yish.
3. Ma’rifatli odamning donoligi: oz, to‘g‘ri va qisqa so‘zlash, fikrlarni misoli ipga tizgandek tartib
bilan bayon etish; o‘zini tuta bilish.
4. Komil insonning donoligi: nutqdagi izchillik, birorta hodisaning sabablari xususida bir necha
kunlab mushohada yuritish, ularga har taraflama yondashish va shuning barobarida izchillikni saqlab
qolish.
* * *
Davlat boshqaruvini qay tarzda amalga oshirmoq kerak? — degan savolga Syun-tszi shunday javob
beradi:
— Buning uchun dono va iste’dodli odamlarning kimligi va mavqeidan qat’i nazar, yuqori
lavozimlarga ko‘tarib, dangasa va iqtidorsiz kishilarni vazifasidan chetlatish lozim.
* * *
Chaqaloqlar hamma yerda bir xil yig‘lashadi. Katta bo‘lganlarida esa turli qiliqlar qilishadi. Bu —
tarbiyaning oqibati.
* * *
Haddan ortiq shafqatsizlik qilganlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar, o‘ta muloyimlik esa seni
zanjirband etadi.
* * *
Faqat o‘z shaxsiy manfaati haqida qayg‘urib, burchni unutmoqlik o‘taketgan pastkashlikdir.
* * *
Naql qilishlaricha, hukmdorni qayiqqa, xalqni suvga qiyoslash mumkin. Suv qayiqni olib yurishi
ham, to‘ntarib yuborishi ham mumkin, — deb yozgandi Syun-tszi.
* * *
Har bir inson nimanidir to‘g‘ri, deb hisoblaydi. Bu holat donoga ham, ahmoqqa ham birdek tegishli.
Biroq ular to‘g‘ri deb topgan narsalar bir-biriga o‘xshamaydi. Dono bilan ahmoq o‘rtasidagi farq ana
shundadir.
* * *
Komil inson tekshirib bo‘lmaydigan so‘zlarga, ilgari uchramagan harakatlarga va fikrlarga
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
77
* * *
Hukmdorning qudratli, shavkatli bo‘lishi, mamlakatda osoyishtalik o‘rnatishi va zaiflik, xavf-xatar,
sharmandalikdan yiroq turishining eng oson yo‘li qanday? — degan savolga Syun-tszi shunday javob
beradi:
— Buning uchun hukmdor o‘ziga munosib vazir tanlay bilmog‘i lozim.
* * *
Orxideya guli o‘ziga yarasha xushbo‘y. Agar u peshobga botirib olinsa, komil inson unga yaqin
yo‘lolmaydi. Oddiy odamlar esa uni chakkalariga taqmaydilar.
Bu hol orxideya gulining hidi bilan emas, balki u botirib olingan peshobning jirkanchligi bilan
izohlanadi. Shu bois komil inson pokiza joyda yashab, ilmli kishilar bilan do‘stlashadi, shu yo‘l bilan
o‘zini yolg‘on va pastkashlikdan ihotalab, rostgo‘y va to‘g‘ri odamlar bilan yaqinlashadi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: |