Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


«ustoz Lao» degan ma’noni anglatadi. Lao esa laqab bo‘lib, «qariya» deganidir



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/268
Sana01.01.2022
Hajmi0,67 Mb.
#305958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   268
Bog'liq
Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
ИШЛАНМА СЕМ.Ж.А (2), Norgul Momo, Norgul Momo, Norgul Momo, Пауло Коэльо-Иблис ва Прим хоним, Paxtaobod tumani 14-мактаб, Paxtaobod tumani 14-мактаб, 3-sinf ona tili unli va undosh tovushlar, Common English Mistakes By Rachel Mitchell @FunEnglishwithme, 1 4 UzR-ning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari (Badalov U) Prezen, 1 4 UzR-ning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari (Badalov U) Prezen, murojaat.senat.uz, Reja Adabiyot-so’z san’ati, Reja Adabiyot-so’z san’ati, 14 BPWaterCoolingSystem
«ustoz Lao» degan ma’noni anglatadi. Lao esa laqab bo‘lib, «qariya» deganidir. 
Lao tszi Chjou saroyida arxiv xodimi bo‘lib xizmat qilgan. Konfutsiy bilan uchrashgan. 
Lao tszi Chjou saltanatining inqirozga yuz tutganini ko‘rib, «iste’foga» chiqadi va tarki 
dunyo qilib, g‘arbga qarab yo‘l oladi. Chegaraga yetib kelganda chegara boshlig‘i undan 
o‘z vataniga nimadir qoldirib ketishni so‘raydi. Li Er chegara boshlig‘iga 5000 belgidan 
iborat qo‘lyozmani topshiradi. Bu tarixda 
«Daodetszin» («Ezgulik yo‘li yoki Kuch va 
harakat haqidagi kitob»)
 nomi bilan mashhur kitob edi. Bu kitobda Dao ta’limotining 
mohiyati haqida so‘z boradi. Dao ieroglifi ikki qism: «Shou» — bosh va «Szou» — bormoq 
degan so‘zdan iborat. Bu «odamlar yuradigan yo‘l», degan ma’noni bildiradi. Hozirga 
kelib «Dao» qonuniyat, qonun degan ko‘chma ma’noni anglatadi.
 
 
* * * 
Dao zamin va osmonning ildizidir. Dao hamma narsaning onasi, olamning asosidir. 
 
* * * 
Daoning na siyrati, na ovozi, na shakli bor. Unga qaraysan, ammo ko‘rmaysan. Quloq tutasan-u, 
eshitmaysan. Quvlaysan-u, tutolmaysan. 
 
* * * 
Osmon ostidagi hamma narsa omonatdir. 
 
* * * 
Mustahkam va kuchli narsalar o‘lim xizmatkorlaridir. 
 
* * * 
Oh, baxtsizlik! U baxtning tayanchidir. Oh, baxtiyor-lik! Unda baxtsizlik yashirin. 
 
* * * 
Buyuk ishlar, albatta, mayda ishlardan boshlanadi. 
 
* * * 
Mo‘rt va ojiz narsalar mustahkam va kuchli narsalar ustidan g‘alaba qozonadi. Yer yuzida suvdan 
yumshoqroq va zaifroq hech narsa yo‘q. Ammo u mustahkam va kuchli narsalarga hujum qiladi. Hech 
qanday kuch uni yengolmaydi. 
 
* * * 
Bilguvchi so‘zlamaydi, so‘zlaguvchi bilmaydi. 
 
* * * 
Nafratga yaxshilik bilan javob qaytarmoq kerak. 
 
* * * 
G’animni to‘g‘ri baholay bilmaslikdan ko‘ra og‘irroq kulfat yo‘q. 
 
* * * 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
11
 
Meni qancha kam bilsalar, shuncha qadrliman. Shy tufayli donolikda komil odamlar qalin, dag‘al 
liboslarga burkanib, qo‘ynida yashma toshni yashirgan odamga o‘xshaydilar. 
 
* * * 
Odamlar ortingdan ergashishini istasang, ularning ortidan yur. 
 
* * * 
O’z xohish-istaklarining chegarasini bilmaslikdan ortiq baxtsizlik bo‘lmaydi. 
 
* * * 
Fikrlaringizga ehtiyot bo‘ling — ular qilmishlaringiz ibtidosidir. 
 
* * * 
Buyuk to‘g‘rilik egrilikka, buyuk zakovat ahmoqlikka o‘xshaydi. 
 
* * * 
Odamlar go‘zallikni anglagan ondan boshlab xunuklik paydo bo‘ladi. 
Bani bashar ezgulik neligini anglagan lahzalarda esa yovuzlik ham mavjudligini tushundi. Demak, 
borlik yo‘qlikni, mushkulot yengillikni yuzaga keltiradi. Yuksaklik va tubanlik bir-biriga qayishadi, 
uzunlik va qisqalik birini-biri to‘ldiradi. Tovushlar o‘zaro qo‘shilib uyg‘unlikni hosil qiladi. O’tmish va 
kelajak o‘zaro o‘rin almashadi. Shu bois dono odam faoliyatsizlikni afzal ko‘rib, sukutda mutolaa bilan 
mashg‘ul bo‘ladi. 
 
* * * 
Inson ilk bor dunyo yuzini ko‘rganda — nozik va zaif, o‘limi oldidan esa sabotli va kuchlidir. Barcha 
tirik mavjudotlar va o‘simliklar mavjudlikning ilk pallasida nozik va zaif, o‘lim lahzalarida esa quruq va 
chirkindir. Demak, bardoshlilik va kuchlilik o‘lim nishonasi, noziklik va nimjonlik esa hayot belgisidir. 
Shu bois qudratli qo‘shin zafar qucholmaydi va baquvvat daraxt nobud bo‘ladi. Demak, noziklik va 
zaiflik doim kuch-quvvatdan ustundir 
 
* * * 
Buyuk donishmandlar hukmronlik qilgan yurtda fuqarolar ularning borligini sezishmaydi. Qaerdaki 
buyuk bo‘lmagan donishmandlar hokim bo‘lsa, omma ularga qattiq bog‘langan bo‘ladi va ularni 
sharaflaydi. Qaerdaki pastroq donishmandlar hukumronlik qilishsa, xalq ulardan qo‘rqadi. Yanada 
zaifroq donishlar hokim bo‘lgan joyda esa xalq ulardan hazar qiladi. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti