ُﻪُﻠُآُأ ﺎًﻔِﻠَﺘْﺨُﻣ َعْرﱠﺰﻟاَو َﻞْﺨﱠﻨﻟاَو ٍتﺎَﺷوُﺮْﻌَﻣ َﺮْﻴَﻏَو ٍتﺎَﺷوُﺮْﻌَﻣ ٍتﺎﱠﻨَﺟ َﺄَﺸْﻧَأ يِﺬﱠﻟا َﻮُهَو
ٍﻪِﺑﺎَﺸَﺘُﻣ َﺮْﻴَﻏَو ﺎًﻬِﺑﺎَﺸَﺘُﻣ َنﺎﱠﻣﱡﺮﻟاَو َنﻮُﺘْﻳﱠﺰﻟاَو
"U (ishkomlarga) ko‘tariladigan va ko‘tarilmaydigan bog‘larni, xurmo va ekinlarni, yemagini xilma-
xil qilib, zaytun va anorlarni bir-biriga o‘xshatib va o‘xshatmay paydo qilgan Zotdir" (141-oyat).
Shuni aytib o‘tish joizki, Alloh bandalarini o‘zi istaganicha rizqlantiradi. Ba’zilarning dasturxoni turli
noz-ne’matlar bilan to‘kin bir paytda, boshqalarnikida sanoqli narsalargina bor. Dunyoviy hayotda
Alloh insonlarni turlicha sinab ko‘radi. Shunday sinovlardan biri bandalarini boylik va faqirlik bilan
sinashdir. Bu sinovlarni go‘zal xulq bilan qarshilayotgan bandalariga Alloh jannat xushxabarini
bergan. Faqat mo‘mingina qanday holda bo‘lishidan qati nazar, Allohga xush keladigan tarzda
harakat qiladi va Unga samimiyat bilan shukr qiladi. Badavlat bo‘lsa, uning shukrini qilib,
kibrlanmaydi. Faqirlashsa, tushkunlikka tushib, xafa bo‘lmaydi.
Alloh ne’matlarining yaratilishidagi mo‘jiza va hikmatlarni bilgan inson, bu ne’matlarni iste’mol
qilishda bizlarga qulay bo‘lishi uchun yordam beruvchi og‘zimizni ham yodga oladi. Ovqat yeyishda
lab, tishlar, til, jag‘ suyaklari, tupuk bezlari, oshqozon-ichak va 200 ga yaqin ta’m bilish retseptorlari
va millionlab hujayralar ishga tushadi. Alloh inson jismini ulkan bir fabrikaga o‘xshatib yaratgan. Ta’bir
joiz bo‘lsa, har bir ish uchun mashina, g‘ildirak, parraklar yaratilgan. Bir qoshiq luqmani og‘zingizga
yaqinlashtirishingiz bilan, so‘lak bezlari ishlab ketadi. Tishlar xizmatga shaylanib, luqmani maydalay
boshlaydi. Bu shunday jarayonki, unda bir vaqt ichida bir qancha ishlar birdaniga bajariladi. Tish
ozuqani tishlab maydalash chog‘ida, til uni takror-takror tishlar orasiga yetkazib turadi. Bu vaktda jag‘
suyaklaridagi mushaklar tishlarning chaynash faoliyatiga yordam berib, til bilan uyg‘unlikda harakat
qiladi. Lablarimiz esa yeyotgan narsaning chiqib ketmasligi uchun og‘izni yopish-qo‘rg‘on vazifasini
o‘taydi. Shuningdek tishlarimizning joylashgan o‘rniga qarab biriga uzib olish, boshqasiga chaynash
vazifasi yuklatilgan. Tishlarimiz bajarishi lozim bo‘lgan vazifasiga mos holda uyg‘unlik bilan
joylashtirilib, ularning hammasi birgalikda harakat qiladi. Luqmani chaynash jarayonida og‘izdagi
bezlardan suv chiqib luqmaga aralashadi va kimyo qoidalariga binoan uning hazm bo‘lishiga yordam
beradi. Til bu luqmani yig‘ib olib, qizilo‘ngach orqali oshqozonga yuboradi. Oshqozonda ham uning
devorlaridan boshqacha suv chiqib aralashadi, bu suv tibbiy tilda oshqozon ishqori deyiladi. Bu suv
taomni batamom o‘zgartiradi. Keyin taom oshqozondan ichaklarga o‘tadi. Badanga kerak bo‘lmagan
taom chiqish yo‘llari bilan oshqozondan chiqib ketadi. Badan uchun zarur bo‘lgan bir qism taom
so‘rilib qonga o‘tadi, nafas yo‘llari bilan kirgan havoga aralashib, tana haroratini tashkil qiladi. Albatta,
tanamizdagi til, tish, lab, jag‘, oshqozon, ichak kabi bu a’zolarga hech qanday aql berilmagan. Inson
vujudining yaratilishi ham Allohning mukammal ijod sohibi ekanligiga yaqqol dalildir. Bu o‘ta tadbirli
Zot Alloh tomonidan bizlar uchun ato etilgan ulkan hidoyatdir. Alloh —
Do'stlaringiz bilan baham: |