Farosatli bo‘lish…
Qur’on bilan xulqlanish baxtidan benasib shunday kimsalar borki, ularning tabiatida qo‘pollik,
loqaydlik, manmanlik kabi salbiy sifatlar hukmron bo‘ladi. Buning asosiy sabablaridan biri xudbinlikdir.
Xudbinlik — o‘zgalarning fikri, tuyg‘ulari, manfaatlariga ikkinchi darajali deb qarash, yoki umuman
ahamiyat bermaslik kasalidir. Qur’onni rahbar qilgan mo‘minlar jamoasida bu kabi holatlar
kuzatilmaydi. Nafslaridagi Islom axloqiga zid bo‘lgan kamchiliklarni tuzatishga bo‘lgan intilish,
ularga xos afzalliklardan biridir. Nafsning cheksiz orzularini yenga olgan mo‘min boshqa mo‘minlarga
nisbatan fidoyi va farosatli bo‘la oladi. Ayni vaqtda farosatli bo‘lish Allohning Rasullariga xos fazilat
bo‘lib, Qur’onda bayon qilingan Muso alayhissalomning quyidagi harakati barchaga ibrat:
ِﻦْﻴَﺗأَﺮْﻣا ُﻢِﻬِﻧوُد ْﻦِﻣ َﺪَﺟَوَو َنﻮُﻘْﺴَﻳ ِسﺎﱠﻨﻟا َﻦِﻣ ًﺔﱠﻣُأ ِﻪْﻴَﻠَﻋ َﺪَﺟَو َﻦَﻳْﺪَﻣ َءﺎَﻣ َدَرَو ﺎﱠﻤَﻟَو
Do'stlaringiz bilan baham: |