ustingizdan guvoh bo‘lishi uchun o‘rta millat qildik" («Baqara», 143).
Ushbu oyati karimada Alloh taolo musulmonlarni o‘rta ummat qilganini e’lon qilmoqda. "O‘rta" deb
tarjima qilingan so‘z xayrli, afzal, markaz, adolatli degan bir qancha ma’nolarni anglatadi. Shu orqali
bu ummatning har bir ishda o‘rtacha yo‘l tutihshi, diniy e’tiqod va tasavvur, dunyoqarash va insoniy
munosabat, yurish-turish, tafakkur, zamon va makon, oila va hokazolarda har doim mo‘‘tadil, adolatli
bo‘lishi, ba’zi ummatlarga o‘xshab faqat ruhiy tomonga, yoki ba’zilarga o‘xshab faqat moddiy tomonga
og‘ib ketmasligi uqtirilgan.
Islom ummati makon jihatdan o‘rta ummat hisoblanishiga sabab - uning qiblasi, boshqacha
aytganda, diniy markazi ham quruqlikning qoq o‘rtasida, yer qurrasining eng muqaddas va muborak
joyida joylashgan. Barcha Payg‘ambarlarning otasi, xalil ur rahmon Ibrohim alayhissalom Allohning
amri ila bino qilgan Ka’baning musulmon ummati uchun qibla qilinishi bu ummatga ulkan sharafdir!
Islom ummati zamon jihatdan ham o‘rta ummat hisoblanadi. Boisi — insoniyat unib-o‘sib, bolalik,
o‘smirlik va yoshlik davrlarini boshidan o‘tkazgandan so‘ng, voyaga yetganda Islom yuborilgan.
Islom dini inson hayotini diniy va dunyoviy hayotga ajratmaydi. Alloh bizlarga, O‘zining oxirgi
Payg‘ambari, habibi Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummatlariga yashash ne’matining har
daqiqasini ibodat bilan o‘tkazish imkoniyatini bergan. Dinimizda Alloh roziligi uchun halol kasb qilish
farz ibodat darajasiga ko‘tarilgani, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga ergashish
niyatida oilaviy hayot qurib, uni ibodatga aylantirish mumkinligi ko‘pchilikka ma’lum. Bilmaganlar
shuni doimo esda tutishlari lozimki, Alloh roziligi uchun qilingan har bir harakat, hatto Uning roziligi
uchun birodarini ochiq chehra bilan kutib olish yoki biror hayvonga Alloh roziligini topish maqsadida
suv berish yoxud toat uchun quvvat bo‘lishi niyatida o‘zi bergan ne’matdan, takror aytamiz, Alloh o‘zi
marhamat qilib bergan ne’matidan iste’mol qilish ham ibodatdir. Bu din naqadar oson, naqadar
xushxabar beruvchi din. Har bir amal Alloh roziligiga erishish niyatida qilinsa, u ibodat darajasiga
ko‘tarilishi bizlar uchun berilgan eng ulug‘ ne’matlardan biridir. Bunda niyatning ham ahamiyati juda
katta. Masalan, g‘iybat yoki hasad qilish illatini olaylik. Uni tark etgan inson bu yomon amallarning
zararidan forig‘ bo‘ladi, lekin savob olmaydi. Ammo shu va shunga o‘xshash yomon odatlarni Alloh
roziligi uchun tark etsa, ham ular oqibatida kelib chiqadigan yomonliklarning oldi olinadi, ham yana
ajru savoblarga sazovor bo‘ladi. Alloh taolo bizni maxluqotning eng xayrlisi, Muhammad sollallohu
alayhi vasallamdek bir zotga ummat qilganining o‘zi buyuk bir baxt. Baxt ustiga yana bir baxt — bizlar
o‘z niyatimiz va amalimiz bilan uyqumizni ham ibodatga aylantirishimiz mumkin. Bunga misol qilib
ushbu ma’nodagi hadisni olishimiz mumkin: kishi xufton namozini o‘qib, tahoratli holda yotsa, ertalab
turib bomdod namozini o‘qisa u kechasi bilan ibodat qilganning savobiga erishadi. Bizlar, Muhammad
sollallohu alayhi vasallam ummatlari shunchalar baxtiyormizki, Alloh roziligini ko‘zlab, oddiy
hayotimizni ham ibodatga aylantira olamiz. Parvardigori olam O‘zining kitobida:
Do'stlaringiz bilan baham: |