ُﺑَﺮْﺸَﺗ يِﺬﱠﻟا َءﺎَﻤْﻟا ُﻢُﺘْﻳَأَﺮَﻓَأ
َنﻮ
)
٦٨
(
َنﻮُﻟِﺰْﻨُﻤْﻟا ُﻦْﺤَﻧ ْمَأ ِنْﺰُﻤْﻟا َﻦِﻣ ُﻩﻮُﻤُﺘْﻟَﺰْﻧَأ ْﻢُﺘْﻧَأَأ
)
٦٩
(
َنوُﺮُﻜْﺸَﺗ ﻻْﻮَﻠَﻓ ﺎًﺟﺎَﺟُأ ُﻩﺎَﻨْﻠَﻌَﺟ ُءﺎَﺸَﻧ ْﻮَﻟ
)
٧٠
(
"O‘zingiz ichadigan suvni o‘ylab ko‘ring-a! Uni bulutlardan siz tushirasizmi yoki Biz
tushirguvchimizmi? Agar xohlasak, Biz uni sho‘r qilib qo‘yamiz. Shukr qilsangiz-chi!"
(«Voqea», 68-70).
Suv poklik ramzi. Dunyoda hech bir din islom dinidek tozalikka amr qilmagan. Islom tozalikni
iymonning bir qismi deb qaraydi, "poklik iymondandir" degan hadis bunga dalil. Shuningdek, suv —
insoniyat, hayvonot va o‘simlik dunyosi uchun hayot manbai. Suvsiz hayotni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Iste’mol qilishdan tashqari, kundalik hayotda foydalanadigan ehtiyoj buyumlarini tozalash uchun zarur
bo‘lgan bir ne’matdir. Suvda ko‘zga ko‘rinar-ko‘rinmas barcha mikroblarni yo‘q qilish bilan birga,
insonga rohat bag‘ishlovchi, charchoqni ketkizuvchi shifobaxsh xususiyat ham bor. Bundan tashqari
ilmiy texnika taraqqiy etgan bizning asrimizga kelib, elektr energiyasi, turli gaz kabi unsurlarning atrof-
muhitdagi chiqindilari yopishib, tanamizning nafas olishi qiyinlashadi. Suv o‘sha zararli narsalarni
yuvib tushiruvchi, badandagi statik elektrni ketkazuvchi omildir. Statik elektr ko‘zga ko‘rinmaydi.
Ba’zan sintetik toladan to‘qilgan kiyimimizni yechganimizda yoki qo‘limiz boshqa kishining qo‘liga
tegib ketganda kichik tok urish hodisasi sodir bo‘ladi. Ba’zida sochimiz sal boshqacharoq turadi.
Inson yuvinganida badanidagi bu elektr ketadi, tanasi bo‘shashib, rohatlanadi. Yomg‘irdan so‘ng
havoning salqin va orombaxsh bo‘lishi ham yomg‘irning havodagi statik elektrni tozalashiga bevosita
bog‘liq.
Doimiy ravishda tozalikka rioya qilish, o‘zini pok tutish Alloh sevgan fazilatdir. Bunda nafaqat
moddiy tozalik, balki ma’naviy poklikning ham ahamiyati katta. Misol uchun, namoz ibodatini olaylik:
namozxon besh mahal tahorat olib, g‘uborlardan poklanib, ibodat qiladi. Namoz orqali banda yerga
yopishgan holda, oliy Zot — Alloh taologa bog‘lanish baxtiga muyassar bo‘ladi va bu rrqali matonat,
chidam, ruhiy quvvat oladi, inson aqli bovar qilmas cheksiz ufqli olamga yuzlanadi. Kiyimlari va
qalblari g‘uborlardan poklangan mo‘minlargina yuzlarini Allohga qaratgan holda, namozni xushu’ va
xuzu’ bilan ado etadilar, qalblarini uning zikri bilan poklaydilar.
Allohning ko‘ruvchi va biluvchi ekanligini yodda tutgan holda, ular faqat ko‘chaga chiqqanda yoki
mehmonga borganda yuvinib-taranib, chiroyli kiyinish kerak degan noto‘g‘ri tushunchadan yiroqlar.
Mo‘min har doim, har jihatdan boshqalarga ibrat bo‘lishi lozimligini yodda tutib, unga amal qiladi.
Badbo‘y hididan atrofdagilarni ko‘ngil aynish darajasiga yetkazish, kiyimidagi ifloslikni ko‘rib, irganish
holatini yuzaga keltirish Qur’on bilan xulqlangan insonlarga xos emas. Ular shunday insonlarki,
suhbatlashsangiz, huzur qilasiz. Mudom Alloh amriga bo‘ysunib, ham jismoniy, ham ma’naviy
poklikka rioya etishlari natijasida qalblari musaffo bo‘ladi, yuzlaridan nur yog‘ilishi atrofidagilarni o‘ziga
tortadi. Insonlarni o‘ziga jalb qilish xususiyati faqat Qur’on axloqini o‘z hayotiga tatbiq qilib
olganlargagina Alloh tomonidan ato etiladi.
Qur’on axloqidan bexabar odamlar, yoki xabardor bo‘la turib, unga e’tiborsiz qarovchilarning
ko‘pchiligi tozalikka yuzaki qaraydilar. Ular, asosan, ko‘chaga chiqqanda yoki uylariga mehmon
keladigan vaqgda tozalikka e’tibor berib qolishadi. Ular tahorat nima, g‘usl nima, hatto, farqiga ham
borishmaydi. Xorij, asosan, Yevropa filmlarida xojasi yoki bekasi uyqudan uyg‘ongach xizmatkori
uning yotgan joyiga, to‘shagiga nonushta olib keladi. Kundalik hayotimizda ham ularga taqlid
qiluvchilar uchrab turadi. Ba’zan «postelimga kofe olib kelishdi, mazza qildim» degan gaplar quloqqa
chalinib qoladi. Ham ma’naviy, ham jismoniy poklikka da’vat etuvchi islom dini bunday holatlarni qat’iy
qoralaydi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:
Qur’on axloqiga ko’ra mo’minning 24 soati. Horun Yahyo
Do'stlaringiz bilan baham: |