Mehmondo‘stlik…
Islom axloqi har zamon va har makonda barcha ma’naviy fazilatlar kabi mehmondo‘stlikning ham
juda yorqin va ibratli namunasini ko‘rsatgan. Mehmondo‘stlik mo‘minga xos xislat bo‘lib, odamlar
o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, mehmonga
ehtirom ko‘rsatish mo‘minning Allohga va oxirat kuniga bo‘lgan iymon-e’tiqodining alomatidir. Shu
sababli Islom axloqi mo‘minlarni mehmondo‘st bo‘lishga targ‘ib qilgan. Qur’onda Ibrohim
alayhissalomning oliy darajadagi mehmondo‘stligi maqtalgani bunga misol bo‘la oladi. Alloh taolo u
zotning mehmondo‘stligini quyidagicha bayon qilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |