Adolat bilan harakat qilish…
Mo‘minlar guvohi bo‘lgan, eshitgan va hatto ko‘chada mutlaqo notanish odamlar orasida yuz
bergan biror adolatsiz hodisaga ham jimgina, loqayd qarab tura olmaydilar. Qur’on axloqiga amal
qilish ularni har qanday haqsizlikning oldini olish, mazlum haqqini undirish, adolatsizlikning juda kichik
ko‘rinishini ham bartaraf etishga undaydi. Mo‘minlar adolat tantanasi uchun o‘zlarining butun
imkoniyatlarini ishga soladilar. Ular oxiratda o‘zlari guvoh bo‘lgan adolatsizlikka barham berish uchun
nima qilganliklari haqida so‘ralishini biladilar. Shu sababli ular doimo turli nohaqliklarni adolat
tarozisida bartaraf etish mas’uliyati bilan yashaydilar. Ko‘pchilik kabi "ko‘rmadim", "bilmadim" deb
mas’uliyatdan, javobgarlikdan qochish mo‘minlarga xos emas. Qur’on axloqi nafsning havoyi
orzulariga zid kelishiga qaramay, o‘z yaqinlarining zarariga bo‘lsa ham, odamlarni ota-ona, tanish-
notanish, boy-kambag‘alga ajratmay adolat qonunlariga rioya qilish shart. Chunki Alloh bizdan shuni
talab qiladi.
Misol uchun, qaynona-kelin munosabatlaridagi haqsizlik ko‘p oilalarda yozilmagan qonun
darajasiga ko‘tarilgan, ya’ni odatiy holga aylangan. E’tibor bersak, qizi bor qaynonalar qizlari
zimmasidagi o‘z kirini o‘zi yuvish, dazmollash, xonasini tozalash kabi vazifalarni yoki ro‘zg‘orning
kundalik boshqa yumushlarini ham to‘laligicha kelinlari zimmasiga yuklab qo‘yadilar. Yaxshi
ovqatlanish, yangi kiyim kiyish, dam olish, davolanish masalalarida esa ko‘proq qizlariga e’tibor
beradilar. Natijada juda katta haqsizlik va zulm yuzaga keladi. Bu kabi achinarli holatdan kelinning eri
ham, qaynota ham, oilaning boshqa a’zolari ham xabardor. Lekin ularning birortasi adolat nuqtai
nazaridan ish tutib, bu kabi masalalarga aralashishni lozim topmaydilar.
Er onasining yuzidan o‘tib, xotiniga yon bosa olmasa, qaynotaga o‘z qizi sevimli ko‘rinadi.
Qur’on axloqiga ko’ra mo’minning 24 soati. Horun Yahyo
www.ziyouz.com кутубхонаси
53
Holbuki, oiladagi adolat tarozisining muvozanatini saqlash ko‘proq erkaklar zimmasiga tushadi.
Oila miqyosida kelib chiqib, ko‘pchilikka odatiy holdek tuyulgan bu muammo jamiyatga ham o‘z
ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Qilinayotgan haqsizlikka osonlikcha ko‘z yumgan, uning oldini olish
yo‘llarini qidirmagan odamlar orasida tug‘ilib, tarbiya topayotgan farzanddan adolat bobida nima
kutish mumkin? Oilada boshlangan adolatsizlik davlat miqyosidagi muammo darajasiga ko‘tarilishi va
jamiyat ma’naviy inqirozga yuz tutishi mumkin. Barcha muammolarning yechimini o‘zida aks ettirgan
Qur’onda bu masalaning muolajasi quyidagicha belgilangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |