www.ziyouz.com kutubxonasi
8
tushdilar. Bir tuyaga mingazib onajonim Ominaning huzurlariga olib bordilar. Onam: “Ey
Halima, sen omonatni topshirding”, dedilar sevinib. Bo‘lgan voqeani eshitgach: “Ey
Halima, men bu bolani tug‘ayotganimda ichimda bir nur pishqirganini, Suriya saroylarini
oydinlatganini ko‘rdim”, – dedilar.
Imom Muslim, Imom Ahmad o‘z kitoblarida bu voqeani shunday hikoya qiladilar:
“Bir kuni Rasululloh bolalar bilan o‘ynayotgan edi. Jabroil kelib uni yotqizdi va ko‘ksini
yordi. Ichidan bir narsa chiqarib: “Mana bu shaytonning nasibasi bo‘ladi”, deb nariga
otdi. Buni ko‘rgan bolalar Muhammadni o‘ldi deb o‘ylab, Halimaga xabar berishdi. Qaytib
kelishganlarida uning siymosida o‘zgarish bo‘lganini payqashdi”.
Hazrati Anas kabi roviylar Rasulullohning ko‘ksidagi izni ko‘rganini aytadilar.
Ibni Asokir Hakimning rivoyatiga ko‘ra, Abu Hurayra (r.a) Rasulullohdan nubuvvatning
ilk alomati haqida so‘raganida shunday deganlar:
– Bolaligimda dalada ishlayotgan edim. Osmondan ikki kishi tushib meni yerga
yotqizishdi. Biri ko‘ksimni yordi, ikkinchisi tilla laganda suv olib keldi. Yuragimni ochib
ichidan bir narsalarni chiqarishdi. Men hech qanday og‘riq sezmadim. So‘ng ulardan biri
ikkinchisiga: “Bu yurakka marhamat va shafqat to‘ldir”, dedi. Unisi yuragimga quyoshga
o‘xshash bir narsa qo‘ydi. Yuragimni joyiga qo‘yib, ko‘ksimni yopishdi. Biri bosh
barmog‘imni siqdi va: “Qani boraqol”, dedi. O’rnimdan turganimda o‘zgarib qolganimni
sezdim. Kichiklarga marhamat ko‘rsatib, kattalarni hurmat qilardim.
* * *
Rasulullohdagi bu favqulod holni ko‘rgan erim: “Ey Halima, bu bolani o‘z onasiga
topshirish lozim”, dedi. Biz Makkaga yo‘l oldik. Bir vodiyda junbushga tushayotgan
habashlarga duch keldik. Ular bilan birga yo‘lda davom etdik. Habashlar kichik
Muhammadni diqqat bilan kuzatib, unda nubuvvat muhrini ko‘rishdi”. O’sha paytlar
Rasulullohning ko‘zlarida biroz qizillik bor edi. Xalimadan: “Bu, xastalik alomatimi?”, deb
so‘rashdi. “Ular bolaning kelajakda buyuk zot bo‘lib yetishishini aytishdi. Hatto o‘zlari
bilan olib ketmoqchi ham bo‘lishdi. Alloh taolo asradi”, deydi Halima.
Abdulloh, Zubayr, Anisa, Husama va Shayma Rasulullohning sut qardoshlaridir. Sut
opasi Shayma Hunayn muhorabasida asirga tushadi. Rasululloh uni tanigach, ozod
etiladi.
Rasululloh olti yoshga to‘lgach, volidasi hazrati Omina joriya Ummu Ayman bilan birga
Yasribga, tog‘alari Najjor o‘g‘illarinikiga yo‘l oldi. Najjor o‘g‘illari yonida bir oy qolishadi.
U yerda kichik Muhammad suzishni o‘rgandi.
Bir hadisi sharifda Rasululloh bani Najjor suvida cho‘milganini aytganlar.
Hazrati Omina Makkaga qaytayotganida Abvo degan qishloqda xastalanib yotib qoladi.
Xasta volidasi atrofida olti yoshli Muhammad parvonadek gir aylanadi. Onasi joni
uzilayotganini payqab, o‘g‘lini yoniga chaqirdi va: “Tug‘ilgan har jonzot o‘lajak, har
Muhammad alayhissalomning bolaligi va yoshliklari
Do'stlaringiz bilan baham: |